Asosiy menu

Tadbirlar

Tashkilot rahbarlari ishtirok etgan ommaviy tadbirlar haqida ma'lumotlar / Tashkilot rahbarlari ishtirok etgan ommaviy tadbirlar haqida ma'lumotlar

Yoshlarni bir yerga jamlagan uchrashuv

Yoshlarni bir yerga jamlagan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi PF-5106 sonli Farmoni yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlarning jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish, ularni har tomonma qo'llab quvvatlash, kelajagani ta'minlash, yetuk kadrlar bo'lib yetishishiga har tomonlama ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Hosil mo‘l bo‘ladi

Hosil mo‘l bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Uchqun-Jasmin” fermer xo‘jaligi paxta, g‘alla va poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Xo‘jalikning 23 gektar maydonidagi g‘o‘za barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Mirishkorlar ekinni me’yorida sug‘orish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, qator oralarini begona o‘tlardan tozalash, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini o‘z vaqtida olib bormoqda. Baravj rivojlanayotgan g‘o‘za barakali hosildan darak.

Barakali hosil —zahmatli mehnat mahsuli

Barakali hosil —zahmatli mehnat mahsuli

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanining 379 fermer xo‘jaligi mo‘l g‘alla hosili yetishtirdi. Ayni kunlarda o‘rim-yig‘im ishlari yakuniga yetmoqda. Tajribali mirishkor Nurbek Saparboyev rahbarlik qilayotgan «Saparboy-Qo‘ziboy» fermer xo‘jaligi davlatga g‘alla sotish bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. —G‘alladan bo‘shagan maydonlarga kartoshka, sabzi, pomidor, kungaboqar kabi takroriy ekinlar ekmoqdamiz, - deydi N.Saparboyev. — Erta bahorda ekilgan 40 gektar maydondagi g‘o‘za ham baravj o‘smoqda. Texnikalarimiz yetarli. Nasib bo‘lsa, kuzda xalqimiz dasturxoniga bir nechta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

Bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda

Bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda

Sirdaryo viloyati g‘allakorlari davlatga 205 ming 301 tonna don sotib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. – Uyushmamizdagi 32 fermer xo‘jaligining qariyb barchasi g‘alla bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan uddaladi, – deydi Sardoba tumanidagi “Baxmal” suv iste’molchilari uyushmasi rahbari Botir Abdullayev. – Ayni paytda g‘alladan bo‘shagan maydonlar peshma-pesh shudgor qilinib, takroriy ekinlar ekilmoqda.

 O‘zbekiston davlati mustaqilligining 24 yillik bayrami

Xalqimiz Vatanimizning shonli tarixidagi buyuk va o‘chmas sana – O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligini keng nishonlamoqda. Ana shu ulug‘ ayyomni munosib kutib olish va o‘tkazish maqsadida bugungi kunda olib borayotgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatimizning asosiy ma'no-mazmunini avvalo biz tanlagan taraqqiyot yo‘lining har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy yo‘l ekanini, yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida biz yerishgan yutuq va marralarning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz aholisi va jahon jamoatchiligiga yetkazish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglash tashkil yetishi darkor. Shular qatorida O‘zbekistonimiz barqaror sur'atlar bilan o‘sib borayotgani, qo‘lga kiritgan ulkan natijalarimizni butun dunyo tan olayotgani, mamlakatimizning xalqaro maydonda obro‘-ye'tibori ortib, o‘ziga munosib o‘rin yegallab olayotganini keng yoritish, bu yutuqlarning asosiy omili va mezonini birinchi navbatda xalqimizning dunyoqarashi, odamlarimizning siyosiy ongi va tafakkuri o‘zgarib, fuqarolik faolligi tobora kuchayib borayotganida ko‘rish, ushbu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni har tomonlama asoslab berish va bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilish o‘ta muhim ahamiyatga yega yekanini ta'kidlash zarur.

Bayramning tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!" degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan. 

Yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va go‘zal bo‘lib borayotgani, jumladan, aholimizning asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda munosib turmush sharoitini yaratish, amalga oshirilayotgan ishlarimizda namoyon bo‘lmoqda.

Davlatimiz tomonidan kompaniyamizda amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlanishi, g‘alla mustaqilligi sohasida olib borilayotgan vazifalarimizni bajarishda amaliy yordam ko‘rsatilayotgani mustaqillik bayramini munosib kutib olishga zamin bo‘lmoqda.

Barcha g‘allakorlarimiz va kompaniyamiz tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyi, mehridaryo, mehnatkash hamkasblarimizga ulug‘ ayyomimiz munosabati bilan mustahkam sog‘lik, uzoq umr, musaffo osmon, tinchlik omonlik tilagan holda ishlarida muvaffaqiyat hamda zafarlar tilayman.


Kompaniya boshqaruvi raisi.