Asosiy menu

Tadbirlar

Qonun loyihalariga doir faoliyat takomillashtirildi.

Qonun loyihalariga doir faoliyat takomillashtirildi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etishni ta'minlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustivor vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan qonun loyihalarini sifatli va puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori qabul qilingan.

Kooperatsiya aloqalarni kengaytirish Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda

Kooperatsiya aloqalarni kengaytirish Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda

Tizim korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan import hajmini kamaytirish maqsadida, ular bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarni kengaytirish, asosan har yili o‘tkaziladigan Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda.

"Infolib – 2016" V Milliy axborot-kutubxona haftaligida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

"Infolib – 2016" V Milliy axborot-kutubxona haftaligida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

Buvayda Boymatova Angren shahridagi tibbiyot kollejida axborot-resurs markazining rahbari bo‘lib ishlaydi. Kutubxona ishiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda "Infolib – 2016" V Milliy axborot-kutubxona haftaligida olgan bilimlari unga g‘oyat asqotmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida davom etayotgan ushbu tadbir Buvayda opa singari ko‘plab kutubxona mutaxassislarining e’tibori va qiziqishini o‘ziga jalb etmoqda.

Dalalarda g‘alla parvarishiga kirishildi

Dalalarda g‘alla parvarishiga kirishildi

Navoiy viloyati dehqon va fermer xo‘jaliklari kelasi yil hosili uchun bug‘doy ekish va maysani erta undirib olishga alohida e’tibor qaratmoqda. Viloyatda g‘allaning “Andijon”, “Elomon”, “Grom”, “Asr”, “Nota”, “Yaksart” kabi navlari parvarishlanadi. Joriy yilda viloyatda 40 ming 600 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 40 ming gektarga yaqin maydonga yaxshi niyat bilan urug‘ qadaldi. Ayni paytda g‘alla maydonlarida zarur melioratsiya va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ustivor vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi

Ustivor vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nuqti va nutqidan kelib chiqib “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda 2016 yilning yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustivor vazifalar to‘g‘risida 2016 yil 17 sentyabr kuni kompaniya boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, ularning bosh hisobchilari, shaxobcha va ombor mudirlari, hamda mas'ul xodimlar ishtirokida video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafoti munosabati bilan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalarda motam tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafoti munosabati bilan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalarda motam tadbirlari o‘tkazilmoqda

Kompaniya boshqaruvi raisi, rais o‘rinbosari va kompaniya vakillari kompaniya ma'muriy binosida Yurtboshimiz portreti poyiga gullar qo‘yib, ta'zim izhor etdilar.

Kuniga 25-30 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berilmoqda

Kuniga 25-30 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berilmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan poytaxtimiz bozorlarida tashkil etilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo yarmarkalari aholiga yanada keng qulayliklar yaratmoqda. Ayni paytda o‘lkamizda pishiqchilik. Bozorlarimiz fermeru sohibkorlarning fidokorona mehnati evaziga yetishtirilgan nozu ne’matlar bilan to‘kin. Sarxil meva va sabzavotlar, poliz hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat arzonligi, balki serobligi bilan ham ko‘zni quvontiradi. Zamonaviy qiyofa kasb etib, xizmat ko‘rsatish madaniyati yuksalgan bozorlarimiz mustaqillik bayrami arafasida yanada gavjumlashgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi ulardagi fayz va to‘kinlikni yanada oshirmoqda.