"O`zdonmahsulot" AK

Elektron tarozilar onlayn dasturi: qulay, tezkor, samarali

Elektron tarozilar onlayn dasturi: qulay, tezkor, samarali

“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish masalasida fermerlarga qulaylik yaratish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda sinov tariqasida elektron tarozilar onlayn dasturi ishga tushirilib, kompaniya markaziy monitoring tizimiga ulangan edi. O‘zining samarali natijasini bergan mazkur dastur joriy yilda amaliyotga keng tatbiq etildi.

Yoshlar seminarida dolzarb masalalar muhokama etildi

Yoshlar seminarida dolzarb masalalar muhokama etildi

13 aprel kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vazirlik, idora va tashkilotlari respublika boshqaruvi organlarida tuzilgan Yetakchilar Kengashi raislari uchun Toshkent davlat agrar universitetida sayyor seminar o‘tkazildi. Unda 110 nafar Yetakchilar Kengashi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

“Jomboydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli don qabul qilish shahobchalarida joriy yilgi g‘alla hosili yig‘im terim mavsumiga puxta tayyorlanmoqda. Jumladan, Tayloq don qabul qilish va urug‘silik manzilgohida elevatorlar va mavjud yopiq sig‘imlar binolari, don ortish, tushirish, tozalash texnikalari, vagon va avtomobil tarozilarini sifatli ta'mirlash va davlat standarti ko‘rigidan o‘tkazish ishlari olib borildi.