Asosiy menu

Asosiy vazifalar va faoliyat yo’nalishlari

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
  • O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug’lik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta’minlash;
  • yuqori sifatli un navlari, yorma, omuxta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
  • don mahsulotlari tarmog’i korxonalarining don yetishtiruvchilar - shirkat va fermer xo’jaliklari bilan o’zaro munosabatlari mexanizmlari, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini ta’sirchan nazorat qilish va uni xolisona baholash tizimini yaratish;
  • don mahsulotlari tarmog’i korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko’maklashish;
  • don mahsulotlari tarmog’i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko’rsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

     "O‘zdonmahsulot" kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 don mahsulotlari korxonalari va ularning filiallari O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta'minlovchi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi.
     Faqat "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan bug‘doy va urug‘lik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash huquqiga egadirlar.
      Kompaniya kompaniya tarkibiga kiruvchi barcha mulkchilik shaklidagi don mahsulotlari korxonalari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi. Kompaniya iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy o'sishi, iqtisodiyotni bozor sharoitida boshqarishni tashkiliy tarkibi samaradorligini oshirish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshiradi. Kompaniya ijro apparatiga va korxonalarga rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan kadrlarni kompaniya boshqaruvi bilan kelishilgan holda ko'rib chiqiladi va Prezident Devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Kompaniya ishida rejalashtirish va tadbirlarni bajarilish, ijro intizomini mustahkamlash yo'lga qo'yilgan .
     O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlari, hamda davlat idoralari va tashkilotlaridan kelgan xat-hujjatlar, shuningdek kompaniya Boshqaruvi buyruqlarining bajarilishi masalalari ta'minlanilgan.
     Davlat ehtiyojlari uchun don va urug'likni tayyorlash, joylashtirish, saqlashni tashkil etish masalalari yo'lga qo'yilgan .
     Don mahsulotlarini ishlab chiqarish, assortimentini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, dondan yuqori texnologik foydalanish masalalari olib boriladi.
     Don resurslarini rasional tashilishini va iste'molchilarga yetkazib berilishini tashkillashtirilgan.
     Nazorat-taftish boshqarmasi, Nazorat-tahlil, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari boshqaqrmasi, Don va urug'likni tayyorlash, saqlashni tashkil etish boshqarmasi, Tegirmonchilik-yorma va non pishirish sanoatini rivojlantirish boshqarmasi, Don resurslari va ularni tashishni tashkil etish boshqarmasi, Yuridik va axborot xizmati bo‘limlari faoliyat olab boradi. 
     Tarmoqda iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish masalalari yo'lga qo'yilgan .
     Kompaniya tizimidagi korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish masalalari mavjud.
     Byudjet va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar O'zbekiston Qonunlari doirasida olib boriladi.
     Kompaniyada va tizim korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni o'z vaqtida topshirilishi masalalari yo'lga qo'yilgan .
     Davlat ehtiyojlari uchun don harid qilishda qishloq xo'jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish masalalari tizimli tashkil etilgan.
     Xorijiy investisiyalarni sohaga jalb qilish masalalari yo'lga qo'yilgan .
     Don mahsulotlari korxonalarini zamonaviylashtirish va yangi texnika bilan qayta jixozlash masalalari ibvestitsiya loyihalari asosida olib boriladi.
     Don va don mahsulotlarining ichki va tashqi bozor kon'yunkturasi monitoringi mavjud.
     Eksport qilishga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillarni o'rganish hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash masalalarini muvofiqlashtirish choralari ko'rilgan.

Kompaniya yuqori turuvchi organi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Kompaniya faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Yuqori turuvchi organ saytiga otish

«O‘zdonmahsulot» AK ning muvofiqlashtiruvchi kengash raisi - Xaydarov Surat Ochilovich 
 
Kengash faoliyatida -
- «O‘zdonmahsulot» AK tizimi korxonalarida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida; 
- Korxonalarda mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulot sotish hamda pul tushumlari to‘g‘risida;
- G‘alla hosili qabul qilish uchun moddiy-texnika bazasini tayyorlash ishlarining ahvoli to‘g‘risida;
- Ochiq maydonlarga qabul qilingan donni yopiq sig‘imlarga kiritish to‘g‘risida;
- Tizim korxonalarida moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishlar olib boriladi.


     Ko'chrib olish uchun / docx / 22kb