Asosiy menu

Elektron hukumati bilan aloqalar

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tashkil etiladi
01.07.2017


Bugun O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni e`lon qilindi.
Axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida tez o'sishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti, deyiladi farmon matnida.
Farmonga ko'ra, AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo'shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta`lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko'paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag'batlantirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va «O'zbektelekom» AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilingan.
Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinishi belgilab qo'yilmoqda.
Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilar bo'ladi:
- xo'jalik yurituvchi sub`yektlar va oliy ta`lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o'zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
- AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko'maklashish;
- oliy ta`lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta`minlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oshirishda ularni qo'llab-quvvatlash yo'li bilan ishtirok etish;
- qisqa muddatli va o'rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yo'li bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;
- yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlash.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etiladi. Innovatsiya markazi rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar, shuningdek yagona ijtimoiy to'lovni to'lashdan, bojxona to'lovlari to'lashdan, o'zi ishlab chiqaradigan tovarlar ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod etiladi.

Обзор передовой международной практики совершенствования порядка оказания государственных услуг (BPR)
12.05.2017

В рамках совместного проекта Программы развития Организации Объединённых Наций и Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан «Продвижение электронного правительства для улучшения качества предоставления государственных услуг», в целях оказания методической помощи разработан «Обзор передовой международной практики совершенствования порядка оказания государственных услуг (BPR)».

Сотрудники Центр развития системы «Электронное правительство» ознакомляет сотрудников министерств и ведомств в целях широкого освещения современных методов оптимизации административных и бизнес- процессов рекомендуем размещение данного обзора на официальных веб-сайтах.

Скачать методики

Mobil aloqa xizmati uchun to‘lovlar so‘mda amalga oshiriladiO‘zbekiston 
25.04.2017

O‘zbekistonda mobil aloqa xizmati uchun tariflar va to‘lovlar qat'iy ravishda milliy valyutada belgilanadi va to‘lanadi. Ushbu mexanizm joriy yil oxiriga qadar joriy etiladi.
25 aprel kuni Toshkentda Usenet 2017 konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A'lamovning ma'lum qilishicha, 2017 yil oxiriga qadar mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlarini milliy valyutada narxlashga o‘tkazish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi.
«O‘tish jarayonining o‘zi katta mablag‘larni talab qiladi, bu arzonga tushadigan tadbir emas. Biroq, Harakatlar strategiyasiga ko‘ra, hamma milliy valyutada narxlashga o‘tadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror shu yil oxirigacha ishlab chiqiladi va kelgusi yildan amalga oshirila boshlaydi», — deya qayd etgan Umidjon A'lamov.
«Biz bu borada iste'molchilardan, jumladan, korporativ mijozlardan ko‘plab shikoyatlar qabul qildik. Ular asosan xizmatlarning AQSH dollarida narxlanishi bilan bog‘liq noqulayliklardan norozilik bildirishgan», deya ta'kidlagan vazir o‘rinbosari.
Usenet 2017 doirasidagi «2017-2021 yillarda mobil KPKning rivojlanishi. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni tatbiq etish va 5G’ga o‘tish» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida A'lamov bilan birga Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov, UZMOBILE bosh direktori Vladimir Kravchenko hamda anjuman tashkilotchisi - Ledokol Group agentligi rahbari Dilshod Muzaffarov qatnashdi.

UzA

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar

08.09.2016

2016 yil 7 sentyabr kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomani to‘ldirish davomida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.

Amaliy seminarda markazning AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti Davlat organlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti yetakchi mutaxassisi Gozal Ismatullayeva qatnashchilarga qoyilgan vazifalar qanday yechishni amaliy tarzda tushuntirib berdi.

Amaliy seminarda quyidagi tushunchalar berildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 355-son karoriga asosan har chorakda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomalar asosida tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma'lumotlarga ko‘ra amlaga oshiriladi.

Mazkur tizim tashkilotlar faoliyatining oshkoraligi va ochiqligini oshirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samaradorlik natijalarini belgilab beradi.

Tizim AKT joriy etish sifati va bosqichini hamda tashkilotlarning asosiy faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan.

Tashkilotlarning AKT joriy etish holatini baholash «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasi»ning Savolnomasiga kiritilgan ma'lumotlari asosida ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu savolnoma tashkilotlarda AKT joriy etish bo‘yicha belgilangan talablar asosida ishlab chiqilgan.

AKT joriy etish holatini baholash 2013 - 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reytingli baholanishi kerak bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.

AKT joriy etish holatini baholash quyidagicha amalga oshiriladi: ­

- Ekspert bahosi -tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari, axborot tizimlari hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan monitoring natijalari ekspertlar tomonidan to‘ldirilgan anketalar asosida shakllantiriladi;

-­ Taqdim etilgan ma'lumotlar bahosi - NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtirilgan Savolnomaga tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma'lumotlar asosida shakllantiriladi;

- Ekspert bahosi ekspertlar guruhi tomonidan rasmiy veb-sayt tarkibiga qo‘yilgan talablarni tashkilotning Internet tarmog‘ida onlayn rejimidagi veb-saytida mavjud yoki mavjud emasligini, axborot tizimlari, ma'lumotlar bazasi va davlat axborot resurslari mavjudligi va holatini, axborot xavfsizligi holatini hamda AKT joriy etish rejalarini amalga oshirilishini aniqlash orqali shakllantiriladi;

- "Rasmiy veb- sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish" bo‘limini baholashda belgilangan turdagi ma'lumotlarni izlash usullarini oddiy foydalanuvchilar uchun qulayligi hisobga olinadi;

- Tashkilotlarning AKT joriy etish holati hisobot davri yakuniy natijalari asosida baholanadi.

 Tashkilotlarda AKT joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimi  quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:

- "Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish" bo‘limini baholash metodikasi;

- Axborot tizimlari, axborot resurslar va elektron hujjat aylanishi bo‘limini baholash metodikasi

- Tashkiliy jihatdan baholash

«Rasmiy veb-caytning qonunchilik talablariga muvofiqligi» ko‘rsatkichi rasmiy veb-saytlar monitoringi mezonlari ro‘yxati bo‘yicha aniqlanadi.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha baholash natijalari Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi xodimlari tomonidan baholanadi.


Matbuot markazi.

 

ICTWEEK Uzbekistan–2016

08.09.2016

19-23 sentabr kunlari O‘zbekistonda muayyan formatdagi bir qator maxsus tadbirlarni qamrab olgan ICTWEEK Uzbekistan–2016 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.

AKT Haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad AKT sohasida so‘nggi bir yil ichida erishilgan amaliy natijalarni tahlil qilish, afzalliklarni o‘rganib, imkoniyat va istiqbollarni chamalab, faoliyatning turli sohalarida AKTni joriy etish yuzasidan ilg‘or tendensiyalarni amalga tatbiq etish, milliy va xalqaro yutuqlarni uyg‘unlashtirish, asosiy urg‘u qaratilgan "elektron hukumat" tizimini takomillashtirishda jahondagi ilg‘or davlatlar tajribasini o‘zlashtirishdan iborat.

ICT SUMMIT 2016 – AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARI SAMMITI

ICTWEEK Uzbekistan–2016 haftaligini ICT SUMMIT 2016 – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti boshlab beradi. Sammit 20 sentyabr kuni Xalqaro biznes markazda umumiy yig‘ilish formatida tashkil etiladi. ICT SUMMIT 2016'da davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul rahbarlari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, axborot texnologiyalari kompaniyalari vakillari, tahlilchilar ishtirok etadilar.

AKT bo‘yicha milliy sammit axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida joriy etilishi, axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish maydoni sanaladi. Sammitda AKTni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar natijalari, soha oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi.

Sammit an’anasiga ko‘ra, unda O‘zbekistonda hamda xorijda AKT sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli muassasa, mutaxassislarning ishtirok etishi unda ko‘rilayotgan yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, so‘nggi yutuqlar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatini beradi.


O‘zbekiston - Janubiy Koreya ilmiy-amaliy forumi 
18.04.2016
Inha universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston - Janubiy Koreya ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, dasturiy ta'minot va elektron mahsulotlar ishlab chiqarish kabi qator sohalarga ixtisoslashgan kompaniya va konsernlari, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari, ishbilarmonlar, olimlar, yetakchi ekspertlar hamda nufuzli ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov va boshqalar O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida barcha sohada izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil may oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida ko‘plab sohalar qatori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir hujjatlar qabul qilindi. Bugungi kunda jahonda yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislar 2020-yilda bu ko‘rsatkich 9 foizdan oshishini ta'kidlamoqda. Ayni paytda Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 6,8 foizni tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 27-iyundagi O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi doirasida axborot resurslari va tarmoqlarini izchil taraqqiy ettirish, davlat boshqaruvining barcha jabhalarida AKTni keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonuni davlat organlari faoliyatiga AKTni tatbiq etish va elektron hukumat tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Sohada qator dasturlar va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘plab xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari texnik va texnologik qayta jihozlanib, interaktiv xizmat ko‘rsatish sifati ortib bormoqda.
Forumda mehmonlarga mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma'lumot berildi. Janubiy koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, IT-sanoati strategiyasini yanada takomillashtirish, texnologiyalar va infratuzilmalarni rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi.


«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida amaliy seminar

03.03.2016      

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tomonidan 2016 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda har chorakda korxona va tashkilotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida taqdim etishlari, rasmiy veb-saytlarni rasmiy veb-saytga qo‘yiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirish, reyting baholash natijalari asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilsh va rivojlantirilish samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib ularni amalga oshirilishini ta'minlashlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Seminarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari kompleksi korxona va tashkilotlarining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.


«Elektron hukumat» o‘quv markazlarida malaka oshirish

22.01.2016

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 73-son qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazining «Elektron hukumat» o‘quv kursida malaka oshiradigan kompaniya boshqaruv apparati  xodimlari uchun talabnomalar 2016 yil 22 yanvarda berildi.

     Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazining joylardagi bo‘limlarida «Elektron hukumat» o‘quv kursi bo‘yicha malaka oshiradigan tarkibdagi korxonalarning  boshqaruv xodimlari uchun talabnoma berishlari uchun 2016 yil 20 yanvarda 6-1-13/21-91-sonli xat bilan don korxonalariga topshiriq berildi.


2016-2018 yillar loyihalari bo'yicha

21.01.2016

     Iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishning 2016 yil asosiy ko‘rstgichlari bo‘yicha 2016 yil 21 yanvarda Aloqa muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar uchun o‘tkazilgan 2016-2018 yillarda ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda yangi kiritiladigan loyihalar bo‘yicha kelishib olindi.


«Elektron hukumat» o‘quv markazida malaka oshirish to'g'risida

22.09.2015

2015 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2014 yil 27 martdagi 73-son qaroriga asosan 44 ta don korxonalarining axborot texnologiyalariga mas'ul xodimlarini malakasini oshirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» markazi bilan 36 soatlik o‘quv kursi uchun shartnomalar tuzildi. Oquv mashg'ulotlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 28 sentyabrdan 10 oktyabrgacha o'tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2158-sonli qaroriga asosan 2014-2015 yillarda «O‘zdonmahsulot» AK tomonidan tarkibdagi don mahsulotlari korxonalarida «Moliyaviy hisobotlarni, xodimlar boshqaruvini va ishlab chiqarish texnologiyalari faoliyatini kompyuterlashtirilishini tashkil qilish» bo‘yicha kompleks dasturlarni  tadbiq etish belgilangan, ushbu topshiriq ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Elektron hukumat  tizimini rivojlantirish  markazi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

«BUXORO SOFT» korxonasi tomonidan dastur bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqildi.

"Uzkonsaltservice" kompaniyasi tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy asos ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Elektron hukumat markaziga ko‘rib chiqildi va ekspert xulosalari olindi.

2015 yil 24 iyunda tender savdolarini o'tkazish uchin tender komissiyasi yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda  Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi vakillari qatnashdi.

Loyiha bo'yicha tenderda qatnashuvchilar 30 kun mobaynida 2015 yil 27 iyulgacha ariza berishlari belgilandi.

 Tender komissiyasi navbatdagi yig'ilishi 2015 yil 28 iyulda o'tkazildi. 

Tender komissiyasining yakuniy yig'ilishi 2015 yil 13 avgustda o'tkazildi. 

Tender natijalariga ko'ra OOO "N-COM CA" kompaniyasi g'olib deb topildi.

Tender o'tkazilganligi va OOO "N-COM CA" kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2158-sonli qarori ijrosini nazorat qilish   https://nis.uz/pp2158/default.aspx    saytiga Elektron hukumat  tizimini rivojlantirish  markazi monitoring qilishi uchun joylashtirildi.