Asosiy menu

Malakali kadrlar tayyorlash – muhim vazifa










Ma’lumki, joriy yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror mohiyatini Ommaviy axborot vositalariga, shu orqali xalqimizga yetqazish maqsadida muloqot tashkil etildi.
Unda qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoq vakillari qatorida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassislari ham ishtirok etdilar.
Ta’kidlash lozimki, Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lib hisoblanadi. Qarorga ko‘ra 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida Universitetning O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Qishloq xo‘jaligi va agrar sohaning barqaror rivoj topishi bevosita ushbu sohaning ilg‘or kadrlar tayyorlash tizimining mustahkamligiga bog‘liq. Muloqotda ayni shu jihatga urg‘u berildi.
O‘tkazilgan muloqotda ko‘plab masalalar qatori sohada uchrayotgan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tavsiyalar bildirildi va jonli tarzda «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish etildi.







Axborot xizmati.