Asosiy menu

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi

Klasterni yaratish uchun «RS Success Agro» MChJ tashkil etiladi.

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul (511-son, 2019 yil 18 iyun) qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot» ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra:

• Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash siklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil etiladi;

• klasterni yaratish uchun «RS Success Agro» MChJ tashkil etiladi.

Klasterning asosiy vazifalari ilg‘or ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va boshqa qishloq ho‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilg‘or agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda texnik kanop hamda zig‘ir tolasi va urug‘ini qayta ishlashning samarali usullarini va ularni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan «Industrial Innovation Group LLC» (Birlashgan Arab amirliklari) va «RS Success Agro» MChJ tomonidan 2019-2023 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.



O‘zA