Asosiy menu

8-dekabr konstitutsiya qabul qilingan kun


Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.

Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.

Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e’tirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Bosh Qomusimiz "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish"ning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.