Asosiy menu

Ulkan maqsadlar ulkan natijalarga boshlaydi

Xalqimizning dasturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shish yo‘lida xizmat qilayotgan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan loyihalarni amalga oshirishdan maqsad, eng avvalo, yurt farovonligi ta’minlanishi yo‘lida hissa qo‘shishdan iborat.
Shu bois, kompaniya tarkibidagi korxonalar tomonidan joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga asosan, 12 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalarga asosan, kompaniya tizimidagi «To‘rtko‘l don mahsulotlari», «Juma elevatori», «Namangandonmahsulotlari», «Koson don», «Jomboy don mahsulotlari», «Surxondaryodonmahsulotlari» (Alpomish un), «Oqoltindonmahsulotlari», «Toshkentdonmahsulotlari», «Farg‘onadonmahsulotlari» va «Shovotdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatlarida mavjud tegirmon sexlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, «Surxondaryodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati va unga qarashli «Alpomish un» filiali omuxta yem sexlari modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Kompaniya tomonidan mazkur loyihalarni o‘z vaqtida sifatli yakunlash bo‘yicha amaliy sa’y harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, zamonaviy texnologiyalar sotib olish maqsadida xorijiy kompaniyalar o‘rtasida tender savdolari o‘tkazilib, tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan kompaniyalar bilan shartnomalar imzolashga erishildi.
Bugungi kunda loyihalar to‘liq moliyalashtirilib, hozirgi kunda texnologik uskunalarning asosiy qismi olib kelindi. Texnik jihozlarning qolgan qismini olib kelish va loyihalarni muvaffaqqiyatli yakunlash bo‘yicha amaliy sa’y harakatlar olib borilmoqda.


Axborot xizmati.