Asosiy menu

Ma’naviyat va mutolaa


Kitob bilim va ma’naviyat o‘chog‘i. Unga oshno bo‘lgan insonning dunyoqarashi va saviyasini yuksak darajada ko‘tarish rivojlantirish xususiyatiga ega.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyos.
Aynan shu jihatdan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi korxonalarda xodimlarning ma’naviy savodxonligini yanada oshirish maqsadida «Mutolaa xonasi» tashkil etilgan.
Jumladan, «Farg‘onadonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ham tafakkur durdonasi bo‘lmish kitob mutolaasiga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Korxonada mavjud kitob fondini yanada takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida bir qator sohaga oid va badiiy, ijtimoiy siyosiy mavzulardagi kitoblar xarid qilingan.
Bugungi axborot asrini ilg‘or texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shu maqsadda korxonada elektron kitoblar jamlanmasi ham mavjud.
-Hozirgi kunda yurtimizda kitob mutolaasiga yetarlicha e’tibor qaratilgan, -deydi «Farg‘onadonmahsulotlari» AJ Yoshlar yetakchisi Ibrohim Saidburxonov, – shu maqsadda korxonamizda ham kitob o‘qish masalasi yoshlar orasida keng targ‘ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi bu borada qonuniy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati.