Asosiy menu

Milliy Matbuot markazida tadbir

Joriy yilning 10 aprel kuni Milliy Matbuot markazida “O‘zdonmahsulot” AK va tarkibdagi tizim korxonalarida energiya sarfi va ortiqcha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlar rentabilligi va raqobatbardoshligini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazilish rejalashtirilmoqda.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, avvalo, ommaviy axborot vositalari vakillarini va bu orqali esa bevosita xalqimizni kompaniya faoliyatidagi o‘zgarishlar yangiliklar mahsulot turlari va sifati, innovsion texnologiyalarning joriy etilishi, yangi ish o‘rinlarining joriy etilishi va boshqa muhim ma'lumotlardan boxabar etishdan iborat.
Anjumanda kompaniya tizimida mahsulot ishlab chiqarilishida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi, uning tarkibi va foydali xususiyatlari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida batafsil ma'lumot beriladi.

Axborot xizmati.