Asosiy menu

Vatan himoyasi - oliy burch

“O’zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganing 26 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Respublika Ma'naviyat targ`ibot markazi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Unda “O’zbekkino” milliy agentligi vakillari, aktyor va rejissyorlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar ona yurtni qo’riqlash uni yotlar tahdididan himoya qilish haqiqiy jasorat mardlik namunasi ekanligini, Vatan himoyasi yo’lida aziz jonini fido aylagan ajdodlar, vatanparvar o’g`lonlar yurtimizda hamisha ehtirom ila tilga olinishini ta'kidlab o’tdilar. Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur kabi buyuk siymolarning avlodlari bo’lgan o’zbek yigitlari, jasur harbiylarimizning mardonavor xizmatlari evaziga elimizda tinchlik, farovonlik hukm surmoqda. Shunday ekan, ular har qancha ehtiromu-e'zozga loyiqdirlar.
Uchrashuv davomida tadbir mehmonlari tomonidan iliq fikrlar, samimiy tilaklar va tabriklar bildirib o’tildi. Shukningdek, yurtdoshlarimiz ongida Vatanparvarvarlik va jasorat kabi tuyg`ularni yanada jo’sh urishiga xizmat qiladigan “Isnod” filmi namoyish etildi.
Darhaqiqat, Vatan bu - biz tug`ilib o’sgan diyor, insonlarni o’z bag`riga olgan, behisob ne'matlarini tortiq qilib, sahovat ulashib kelayotgan ona zamin, saxiy va mehnatkash, oliyjanob xalq, biz sog`inib har qachon talpingan muqaddas ostona. Uning har qarich yeri, zilol suviyu purviqor tog`lari biz uchun aziz. Vatanimiz sarhadlarni tunu-kun qo’riqlash uni yovlardan asrash, uning dahlsizligini ko’z qorachig`idek himoya qilishdek, mas'uliyatli va sharafli vazifani sidqidildan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimiz Vatan himoyachilari bor ekan elimizda shodu-xurramlik, to’yu-tomosha, bayram sadolari, beg`ubor bolajonlarimizning sho’x-shodon kulgusi yangrayveradi.

Axborot xizmati.