Asosiy menu

Investitsion loyihalar va kompaniya faoliyati namoyishi

Avval xabar berganimizdek, 22 may kuni “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan “Tarmoqda investitsion loyihalarni amalga oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alimov Erkin Jo‘rayevich ma'ruza qilib “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar, modernizatsiya jarayonlari mahsulot eksporti va uning tarkibi, istiqboldagi rejalar xususida batafsil so‘z yuritdi.
Ta'kidlanganidek, So‘ngi 7 yilda, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “O‘zdonmahsulot” AK uchun sermazmun yil bo‘lib, jami 301054,9 mln.so‘mlik 233 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Ushbu investitsiya loyihalarning 171 tasi yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 62 tasi modernizatsiya qilingan.
Shundan, 15 ta tegirmon, 9 ta omixta yem, 32 ta urug‘lik va 6 ta non sexlari Rossiya, Ukraina, Germaniya, Shvetsariya, Turkiya va Italiya davlatlarining zamonaviy ilg‘or texnologik uskunalari asosida modernizatsiya va texnik qayta jihozlandi hamda 3 ta tegirmon, 5 ta omixta yem, 14 ta urug‘lik, 89 ta non, 20 ta makaron sexlari, 1 ta meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi va 39 ta don saqlash uchun yopiq sig‘imlar Rossiya, Germaniya, Serbiya va Italiya davlatlarining zamonaviy texonologiyalari asosida yangidan qurib ishga tushirildi.
Tadbirda “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan non va non mahsulotlari, makaron va turli xildagi yumshoq shirinliklar ishtirokida ko‘rgazmali stend tashkil etilib, ularning tarkibi va tayyorlanish jarayonlari ommaviy axborot vositalariga batafsil tushuntirildi.
Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlari “O‘zdonmahsulot” AK faoliyatiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib ularga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Tadbir savol-javoblar fikr-mulohazalarga boy tarzda, samimiy va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.


Matbuot xizmati