Asosiy menu

“O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi”


Toshkent shahridagi Inha universitetida «O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi» bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Forum O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida bilim va tajribalar almashish maqsadida o'tkazildi. 

Elektron hukumat rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining ham o‘z o‘rni borligi ko‘rsatb o‘tildi.

Forum IT texnologiyalarni keng qo‘llash va hayotning davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashitirish borasidagi ishlar uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Koreya vazirliklari o‘rtasida 2020 yilda imzolangan Memorandum doirasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi faoliyatining natijalari ham taqdim qilindi.