Asosiy menu

“O‘zdonmahsulot” AK yoshlari “Kelajak uchun bir nihol” aksiyasida faol qatnashmoqda

Ma’lumki, daraxt bilan qoplangan maydonlar «toza havo fabrikasi»dir. Yashil hududning inson salomatligi uchun nechog‘li zarurligi va sog‘ligimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan fitonsidlarga boyligini yaxshi bilamiz. Birgina archa daraxtini oladigan bo‘lsak, uning atmosfera havosidagi zararli gaz va changlarni yutib, inson uchun toza havo-kislorod yetkazib berishdagi ahamiyati katta. Bir gektar archazor bir yilda tabiatga 14 tonnagacha kislorod ulashib, 15-20 tonnagacha is gazini yutadi va 15 tonnagacha chang va g‘uborni ushlab qoladi.
Shu maqsadda Namangan viloyatida viloyat ekotizimini yanada yaxshilash maqsadida "eco day" manzarali ko‘chatlar ekish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida viloyat yoshlari Yoshlar bog‘iga 500 ga yaqin eman, sosna, pavloniya, kashtan va archa ko‘chatlarini ekib, hudud ekologik holatini yaxshilash uchun o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Qayd etish lozimki, mazkur aksiyada «Popdonmaxsulotlari» AJ yoshlari ham faol ishtirok etdilar.




Axborot xizmati.