Asosiy menu

Ochiq muloqot o‘tkazildi

11 fevral kuni «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasida tizimdagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan faol va tashabbuskor yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Uzoqov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari F. Omonov, kompaniya tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 
Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 13856 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 3 ming nafardan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu esa o‘z o‘rnida kompaniya taraqqiyoti va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda yoshlarning o‘ziga xos ahamiyatga ega kuch ekanligini yaqqol namoyon etadi. 
Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonligini yuksaltirish, Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarni puxta egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, sohaga oid bilim va malakasini yanada mustahkamlash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirish bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish, ularning intellektual va ijodiy saloxiyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumaladan, yoshlarning bilimi, saviyasi va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ingliz va rus tillari to‘garaklari tashkil qilinib, ularning bilimi boyitib kelinmoqda. Bundan tashqari, ishchi-xodimlar, xususan yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi har bir korxonada «Mutolaa xonasi» tashkil etilgan bo‘lib har yili kitob fondi 100 ga yaqin badiiy-ilmiy tarixiy va sohaga oid adabiyotlar bilan to‘ldirib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tqazish va ularni sport bilan shug‘ullanishlariga keng imkon yaratish va sog‘lom turmush tarzini yoshlar orasida targ‘ib qilishga hissa qo‘shish maqsadida sport majmualari barpo etilib, sportning futbol, basketbol, stol tennisi va boks turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilindi. Faxr bilan aytish mumkinki, «Asakadonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati xodimi Shukurillo Voxidov 1 fevral kuni Xonobod shaxrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan sohada o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan 100 nafar yoshlar tavsiyanoma asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi va ularning shartnoma to‘lovlari kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan qoplab berilmoqda. 
Ta’kidlab o‘tilganidek, o‘tgan davr davomida yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish maqsadida ham bir qator loyihalar amalga oshirildi va joriy yilda ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadal davom ettirishga alohida urg‘u beriladi. 
Muloqot davomida kompaniya rahbari tomonidan yoshlarning fikr mulohazalari, tashabbuslari tinglandi.