Asosiy menu

Sifatli un ishlab chiqarish salohiyati kengaymoqda

2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarning barqaror rivoji va ishlab chiqarish jarayonlarining jadal sur’atlarda olib borilishida imkon yaratmoqda. Unga ko‘ra jami qiymati 16,4 mln dollarga teng bo‘lgan 12 ta loyiha amalga oshirilib xalqimizni sifati kafolatlangan un, omuxta yem, makaron, non va non mahsulotlari bilan yanada keng ta’minlanishida hissa qo‘shishi kuzda tutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida joylashgan kompaniya tarkibidagi «To‘rtko‘ldonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ham joriy yilda yangi tegirmon barpo etish rejalashtirilgan. Yangi tegirmon loyihasi yuzasidan Turkiya davlatining «Genj degirmen» kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari jalb etilgan bo‘lib, bo‘lib bugungi kunda qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Yangi tegirmon kuniga 90 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega.
Mazkur loyiha joriy yilning yakuniga qadar ishga tushirilib korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shishi maqsad qilingan.




Axborot xizmati.