Asosiy menu

Yangi qurilma – yangi imkoniyat

«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi «Bog‘ot-don» AJ tomonidan chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan ekstruderlangan maxsus omixta yem mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi uskunalar xarid qilindi.
Loyiha Rossiya Federatsiyasining «Sibirskoe kupechestvo» jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirildi. «Ekstruder ES-1250 AvtoMax» qurilmasining afzalligi shundan iboratki, u omixta yemning samaradorligining yanada ortishiga xizmat qiladi va 85-90 foiz hazm bo‘ladi. Ekstruderlangan omuxta yem mahsulotining oddiy omixta yemga nisbatan samaradorligi 20-25 foizga yuqori.
Mahsulot tarkibi xo‘jalik ixtisosligi va uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqqan holda yoki buyurtmachining xohishiga ko‘ra tayyorlanadi hamda foydali qo‘shimchalar bilan boyitiladi. Loyiha avgust oyidan boshlab ishga tushirilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarib iste’molchilarga yetkazilmoqda.




Axborot xizmati.