Asosiy menu

Korporativ boshqaruvi tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotini tanlovini o‘tkazish bo‘yicha E’lon

«O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi
Korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha 
E’loni
26.02.2019

«O’zdonmahsulot» AK korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlarni tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Korporativ Boshqaruv Kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlovdagi takliflar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
- korporativ boshqaruv tizimida o‘tkazilgan baholashning dastlabki qiymati bilan tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ishtirokchisining tijorat taklifi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining, auditorlik tashkilotlari uchun berilgan auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi litsenziyasi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professionallik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi litsenziyalarining nusxalari;
- auditorning malaka sertifikati, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka setifikati yoki korporativ boshqaruvning malaka sertifikati nusxalari.

Korporativ boshqaruv tizimi baholanilishining o‘tkazilish davri: 2018 yil.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni berish muddati: 2019 yil 10 martgacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni quyidagi manzilga taqdim etish mumkin:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 36-uyda qabul qilinadi.
Telefon: (90) 374-19-07