Asosiy menu

Berlindagi “Yashil haftalik 2019” ko‘rgazmasida “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda

Germaniya poytaxti Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 84- xalqaro «Yashil haftalik 2019» ko‘rgazmasida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ishtirok etmoqda.
Qayd etish joizki, mazkur ko‘rgazmada dunyoning 70 ta mamlakatidan 1600 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston stendida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham joy oldi.
Mazkur ko‘rgazmani har yili Berlinda o‘tkazish an’anasi 1926 yildan buyon davom etib kelmoqda hamda ushbu tadbir doirasida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha global forum o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan 70ta mamlakatning tegishli vazirliklari vakilllari hamda yirik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlik takliflari hamda shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, ko‘rgazmada 1700 ta eksponent ya’ni, 100 mingdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari namunalari, ko‘plab uy hayvonlari va eng zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdim etilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yirik kompaniyalar bilan hamkorlik kelishuvlarini imzolash hamda soha taraqqiyoti uchun manfaatli takliflarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ko‘rgazma 27 yanvar sanasiga qadar davom etadi.