Asosiy menu

TANLOV O‘TKAZISH BO‘YICHA E'LON

«O’ZDONMAHSULOT» AKTSIYADORLIK KOMPANIYASIDA 
KORPORATIV BOSHQARUVI TIZIMINI BAHOLASH UCHUN MUSTAQIL TASHKILOT 
TANLOVINI O‘TKAZISH BO‘YICHA E'LON
   23.03.2018
 «O’ZDONMAHSULOT» AK korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun  mustaqil tashkilotlarni tanlash bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.
Korporativ Boshqaruv Kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. 
Tanlovdagi takliflar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi: 
- korporativ boshqaruv tizimida o‘tkazilgan baholashning dastlabki qiymati bilan tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ishtirokchisining tijorat taklifi; 
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining, auditorlik tashkilotlari uchun berilgan auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi litsenziyasi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professionallik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi litsenziyalarining nusxalari; 
- auditorning malaka sertifikati, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka setifikati yoki korporativ boshqaruvning malaka sertifikati nusxalari. 

Korporativ boshqaruv tizimi baholanilishining o‘tkazilish davri: 2018 yil aprel oyi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni berish muddati: 2018 yil 15 aprelgacha. 

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni quyidagi elektron manzilga taqdim etish mumkin: info@uzdon.uz 

Telefon: 0-371-233-76-01 ( 0-590-374-19-07 )