Asosiy menu

Buxoro viloyati marrada

“O'zdonmahsulot” AK va tarkibdagi korxonalar tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida olib borilayotgan 2017 yilgi g'alla hosili yig'im terim mavsumi davom etmoqda. Unda mirishkor dehqonlarning uyushqoqlik bilan qilgan mehnatlari natijasi yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Aytish lozimki, Buxoro viloyati g'allakorlari mavsum avvalidanoq samarali ish olib bormoqdalar. Yer bilan tillasha olgan, ishni ko'zini biladigan dehqon va fermerlarning tadbirkorligi natijasida bugun buxoroliklar muvaffaqqiyat qozondilar. Ya'ni Buxoro viloyati g'allakorlari davlat ehtiyojlari uchun xirmonga don topshirish bilan bir qatorda, shartnomaviy rejani ham bajarib ko'zlangan natijaga erishdilar. Yurtimizning boshqa hududlarida hosil yig'im terim mavsumi davom etmoqda.

Axborot xizmati