Asosiy menu

G'alla yig'im terimiga puxta hozirlik ko'rilmoqda

2017 yil boshoqli don ekinlari hosilini o'z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig'ishtirib olish hamda davlat resurslariga g'alla sotish bo'yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 yilda boshoqli don hosilini yig'ish, tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 18 maydagi PQ-2974-sonli qarori qabul qilingan.
“O'zdonmahsulot” AK da yuqoridagi Qarorni so'zsiz va sifatli ijro qilish, jumladan joriy yilgi boshoqli don hosili yig'im-terim mavsumini samarali tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, kompaniya va tarkibdagi barcha don qabul qilish shaxobchalari 2017 yil g'alla hosilini davlat ehtiyojlari uchun qabul qilishga shay holatga keltirilgan. Shuningdek, korxonalardan tayyorlangan don miqdori to'g'risida olingan ma'lumotlarni muntazam ravishda tahlil qilish maqsadida kompaniyada “G'alla shtabi” tashkil etildi. Kompaniya mutaxassislari donning sifati va miqdori ustidan monitoring olib borish maqsadida hududlarga biriktirildi.
Fermer xo'jaliklari tomonidan davlat resurslariga don sotish bo'yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini so'zsiz bajarilishini ta'minlash, donga birinchi ishlov berish uchun don tozalovchi mashinalar va boshqa moddiy texnik ba'zalar jumladan, don qabul qilinadigan maydonlar, don tashishga jalb etilgan barcha transport vositalari qisqa muddatda tayyorlanib, fermer xo'jaliklari tomonidan g'allani oldindan tozalab, namlik va ifloslik darajasini me'yoriy xujjatlarda belgilangan standart talablariga rioya qilgan holda don korxonalariga topshirish va boshqa vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlarga muvofiq jadal ish olib borilmoqda.

Axborot xizmati.