Asosiy menu

Dalada bahor yumushlari

Namangan viloyati fermerlari chigit ekish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishdi.

Bu yil viloyatda 3 ming 865 fermer xo‘jaligi 78 ming 900 gektar maydonda go‘za parvarishlashni rejalashtirgan.

– Mavsumga puxta hozirlik ko‘rildi, – deydi Namangan viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi o‘rinbosari R.Abdurahmonov. – Mahalliy iqlim sharoitini inobatga olgan holda, g‘o‘zaning «Namangan-77», «Andijon-35», «Namangan-34», «S-8286» navlari ekilmoqda.

UzA