Asosiy menu

Barqaror rivojlanish samarasi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Xonqa billur salt» xususiy korxonasida tayyorlanayotgan osh tuzi va makaron mahsulotlari xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

2010-yilda uch ishchi bilan faoliyat boshlagan xususiy korxonada bugun o‘ttizdan ziyod kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Korxona oyiga 1400 tonnadan ortiq yodlangan osh tuzi, 50 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona rahbari Dilshod Otajonovning aytishicha, joriy yilda zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatilgani mahsulot sifati va hajmini oshirish imkonini berdi. «Xonqa billur salt» mahsulotlarini eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

UzA