Asosiy menu

“ICTForum–2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 21 sentyabr kuni Xalqaro biznes-markazda “ICTWeek - 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “ICTForum-2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxasisilari, axborot texnologiyalari bo‘yicha kompaniyalar vakillari, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar ekspertlari ishtirok etishdi. Unda mamlakatimizda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil joriy etilgani yuksak samaralar berayotgani alohida ta'kidlandi.

Forumda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, xorijiy olim va tadqiqotchilar bilan axborot texnologiyalarining muhim tarmoqlari bo‘yicha tajriba almashishni rag‘batlantirish, amaliy tadqiqot va ishlanmalar imkoniyatlari muhokama etildi.

Seksiyalarda davom etgan muhokamalarda davlat xizmatlari institutining shakllanishida “Elektron hukumat” tizimining roli, aholiga ko‘rsatilayotgan interfaol xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, media biznesini va dasturiy ta'minot sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonda joriy etilgan “Elektron hukumat” tizimida ko‘plab innovatsion yechimlar o‘z aksini topgan. Bu interfaol xizmatlar yaratish, axborot bozorini kengaytirish va mamlakatingiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Forumda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi takomillashib, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati oshayotgani, yangi texnologiyalar joriy etilayotganini qayd etildi.

Mobil aloqa sohasining jadal rivojlanishi natijasida operator va provayderlar, internetdan jamoaviy foydalanish nuqtalari ko‘payib, elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Internetda milliy segmentlarni rivojlantirish, mamlakatimizda foydali internet-resurslarni yanada ko‘paytirishga qaratilgan yangi internet loyihalari amalga oshirilmoqda.

Forum zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi.


Matbuot xizmati.