Asosiy menu

“G‘alla – 2016” - PESHQADAMLAR MARRADA

Tabiatning bebaho ne’matlaridan biri g‘alladir. Dehqonlarimiz uni yetishtirish uchun qishning izg‘irinli, seryog‘in kunlarida ham, yozning jaziramasida ham shirin jonini ayamasdan ter to‘kadi. Mardu maydon bobodehqonlarimiz ayni kunlarda mehnatining samarasini yig‘ib-terib olishayotir. Ular bugun fermer degan zamonaviy nom bilan elimiz dasturxonini to‘kin qilishga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shishmoqda. Bu yilgi mavsumda Mirishkor tumani Qallakorlari 56976 tonnalik xirmon yaratishni maqsad qilishgan. Ayni kunda bu ulkan xirmonning salmog‘i qariyb 74 ming tonnaga yetdi. Tumanda faoliyat yuritayotgan shunday zahmatkash fermerlardan biri “Shahboz” fermer xo‘jaligi raisi Ulug‘bek Eshpo‘latov ham bunday sharafli xizmatni bajarayotganidan mamnun. U 2000 yilda ushbu femer xo‘jaligini tashkil etib, samarali faoliyat yuritib kelayotir. Mavsumda u bilan bir qatorda “Elbek”, “Murodilla Nashirov”, “Atxam Hasanov”, “Husniddin Muhiddinov”, “Hamroyev Zafar”, “Zikrillo Baxtiyorovich”, “Ibn Ahmad”, “Nodir BKS”, “Begimov Alisher”, “Rajabboyev Sunnat”, “Rahmonqulova Kibriyo” singari fermer xo‘jaliklari peshqadamlikni qo‘ldan berishmay davlat oldidagi shartnoma rejalarini oshig'i bilan bajarishdi. Ularga ko‘mak berayotgan tashuv texnikalari va kombayn haydovchilari, tuman IIB va YoXB xodimlari va boshqalar alohida jonbozlik ko‘rsatishayotir.
Bu kabi azamat dehqonlarimiz bor ekan, xalqimiz farovonligi oshib boraveradi. Xirmoninggizga baraka, bobodehqonlar.

http://mirishkort.uz/