Asosiy menu

Barqarorlik omili

Investitsiya – taraqqiyot va barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biridir. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilayotgan Investitsiya dasturi doirasida ulkan loyihalar ham ayni shu maqsadga xizmat qiladi.
Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga asosan, tizimda jami qiymati 16,4 mln. AQSh dollarga teng bo‘lgan 12 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Qayd etish lozimki, joriy yilning shu davriga qadar kompaniya tomonidan bajarilishi rejalashtirilayotgan loyihalar doirasida zarur zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilinib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda va bugungi kunda mazkur loyihalar yillik rejaga nisbatan 64% ga bajarishga erishildi.
Bundan tashqari, kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan hududiy dasturlarga asosan jami 23 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 7 oyi davomida ushbu loyihalardan 14 tasi ishga tushirildi. Yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyihalar nafaqat muayyan tashkilot rivoji balki, jamiyat rivojining bir bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qilmoqda. 



Axborot xizmati.