Ko`p beriladigan savollarga javoblar
1. Unni fortifikatsiyalash Milliy dasturi deganda nima tushuniladi?
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2010 yil 7 iyundagi O‘RQ-251-sonli qonunini ijro etish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 noyabrdagi 260-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zdonmahsulot" AK tizim korxonalaridagi tegirmonlarda 2011 yildan boshlab 1- navli un to‘liq hajmda vitamin-mineral aralashmalari bilan boyitilgan fortifikatsiyalangan holda ishlab chiqarilmoqda.
Unni boyitish uchun sarflanadigan peremikslar loyihani amalga oshirish Hamkorlik byurosi tomonidan keltiriladi.
Vitamin-mineral aralashmalarining tarkibi: vitaminlar – Tiaman-V1, Riboflavin – V2, Nikotin kislotasi – RR, Foliy kislotasi – Vs, mikroelementlar – temir elementi va ruxdan iborat.
Bir tonna unga vitamin-mineral aralashmalarini qo‘shish me’yori 120 gramm.
2. Kontraktatsiya shartnomalari qachon tuziladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandiga asosan kontraktatsiya shartnomalari yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo‘jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuziladi.
3. "O‘zdonmahsulot" AK tizimi korxonalari tomonidan necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqiladi?
"O‘zdonmahsulot" AK tizimidagi don mahsulotlari korxonalari tomonidan un, makaron, omuxta yem, yorma mahsulotlari, non va non mahsulotlari ishlab chiqariladi.