Asosiy menu

Kompaniya tarixi


Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlarga nazar tashlasak o’tgan davr mobaynida ushbu sohada bir qator islohotlar amalga oshirilganligini ko’rish mumkin.
Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Hozirgacha donchilik tarmog’ida 19-asrda qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning ko’rinishlari tanib bo’lmas darajada o’zgargan. Suv va par yordamida ishlaydigan tegirmonlar o’rniga yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tegirmonlardan foydalanila boshlandi.
1885 yili «Toshkent non shahri» deb nomlangan tegirmon ishlab chiqilgan bo’lib u 25 yil (1910 yilgacha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu tegirmon texnik jihozlanishi bo’yicha Turkiston o’lkasida eng mukammal hisoblangan. 1910 yilda O’zbekistonda par bilan ishlaydigan ilk tegirmon qurilgan (hozirgi «G’alla-Alteg» AJ).
Don tayyorlash sohasini boshqarishning o’zi 1867 yili Toshkentda Nazorat idorasini tashkil etilishi bilan bog’liq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non mahsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shug’ullangan va xuddi jismoniy shaxslar kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash ko’p hollarda katta hajmlarda donni yig’ib, unga birlamchi qayta ishlov berish va saqlashni tashkillashtirgan vositachilar orqali amalga oshirilgan.
1918 yildan boshlab Turkiston o’lkasida non monopoliyasi o’rnatilib u sovet hukumati davrigacha davom etdi. Don zaxiralarini tayyorlash maqsadida barcha viloyatlarda sotuv bo’limlari ochildi. Ular don tayyorlash kompaniyasi boshlanishidan yakunlanishigacha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq ko’rinishidagi va qat’iy narx asosida don topshirish maqsadida temir yo’l stansiyalari yaqiniga 127 ta to’kish punktlari ochildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir nechtasi «Zagotzerno» tashkilotining tarqatuvchi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos bo’lib xizmat qildi.
1924 yildan boshlab sotuvdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxirasini tayyorlash 1924 yil hosilidan boshlab Zahiralar vazirligi tizimi tomonidan xarid qilish formasida amalga oshirilgan.
O’zbekistonning Zahiralar vazirligi o’zining bir nechta izdoshlariga ega bo’lib ular «Turknarkomprod» va 1932 yilda mavjud bo’lgan «Aziaxleb»lardir. 1956 yil 20 iyuldan boshlab soyuz respublikasi O’zSSR Don mahsulotlari vazirligi tashkil qilinib «Aziaxleb» «Uzzagotzerno» respublika kontorasiga va «Uzglavmuka» trestiga bo’lindi. Agar 1922 yilda sanoat bo’limi 7 ta tegirmonga ega bo’lgan va O’zbekiston aholisi 4 million kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1943 yilga kelib tegirmonlar soni 10 taga yetgan va 300 tonnaga yaqin turli navdagi un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan.
1956 yilda Non mahsulotlari vazirligi tashkil etilganda uning tarkibida 73 ta tayyorlov punktlari, 3 ta ombor bazalari, 3 ta urug’ saqlash omborlari, 3 ta yorma zavodi, 15 ta yuqori navli un va chiqindi chiqaradigan tegirmonlari mavjud edi. Navli un chiqaruvchi 3 ta tegirmon Toshkent, Quva, Farg’ona, Andijon va Samarqandda joylashgan edi. Buxoro, Jizzax, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Urganch, Termiz va Nukusda chiqindini qayta ishlovchi tegirmonlar o’rnatildi. Guruch, javdar va bug’doy yormasini Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan yorma zavodlari ishlab chiqarishar edi.
Aholining unga bo’lgan talabi 1 million 300 ming tonna bo’lganda tegirmonlar faqatgina 360 ming tonna ya’ni ehtiyojning 28 foizigina qondirilgan edi. 1958 – 1964 yillar davomida qo’shimcha yana 10 ta navli un chiqaruvchi tegirmonlar ishga tushirildi. 1956 yilning ikkinchi yarmida sanoatning omuxta yem bo’limi rivojlana boshladi.
1960-1961 yillar oralig’ida Farg’ona, Qo’qon, Toshkent, Asaka, Quva (Fedchenko), Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Kogon, Buxoro, Qarshi, Urganch, Nukus, Termiz va Qiziltepada 16 ta kichik hajmli omuxta yem zavodlari ishga tushdi. 1961 yil Hukumat tomonidan «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlatga sotishni qayta shakllantirish va puxta tashkillashtirish to’g’risida» gi muhim qarori qabul qilindi. Bu qarorga binoan don sotib olish faqatgina shartnoma tuzish orqali bajarildi va qolgan barcha usullar ta’qiqlandi.
1961 yil 24 martda O’zbekiston Non mahsulotlari vazirligi faoliyati tugatilib, uning o’rnida Zaxiralar vazirligi tashkil qilindi. Sotib olish va sifat bo’yicha davlat inspeksiyasini davlat bosh nazoratchisi boshqaradi.
Qayta tuzilgan vazirlik sovet hukumati davrida faoliyat olib borgan eng katta zaxira tayyorlovchi tashkilotlardan biri sanalgan.
1965 yil may oyida O’zbekiston Non mahsulotlari va omuxta yem vazirligi qayta tuzildi. Yangi tuzilgan vazirlik o’zining asosiy e’tiborini boshlangan ishlarni tugatishga, faoliyat olib borayotgan korxonalarni rekonstruksiyalashga va og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashga qaratdi. Ba’zi zavodlarda unni qadoqsiz saqlash masalasi maxsus qurilgan idishlar yordamida muvaffaqiyatli hal etildi. Unni idishsiz saqlash, chiqarish va tashish og’ir qo’l mehnatini yengillashtirilgani va qoplarga sarf-xarajatni kamaygani hisogiba yuqori samaraga erishildi.1965-69 yillar orasida omuxta yem sanoati keng rivojlandi. Ushbu yillarda ishlab chiqarilgan omuxta yem mahsulotlariga antibiotiklar, vitaminlar va mikroelementlar qo’shib boyitildi.
1970 yili Vazirlik faoliyati tugatilib, uning o’rniga Zaxiralar vazirligi qayta tashkil etildi. Keyingi 10 yil mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlari keskin rivojlandi, ishlab chiqarishning texnologik darajasi yaxshilandi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi oshdi. 1980 yilga kelib un ishlab chiqarish 1969 yilga nisbatan 3,3 marta, yorma 18,1 marta, omuxta yem 11,6 marta o’sdi. Yuqori sifatli un ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1970 yil 49,2% dan 1980 yil 83,7%ga oshdi.
1981-1985 yillar o’rtasida Quva, Navoiy, Farg’ona va Uchqo’rg’onda umumiy hajmi kuniga 1300 tonna unni qayta ishlaydigan, 240,2 ming tonna sig’imli elevatorga ega tegirmonlar ishga tushdi. Shu yillarning o’zida 11 ta tegirmon qayta ta’mirlanib ularning ma’naviy eskirgan qismlari yangilandi. Bundan tashqari, boshqa un zavodlarida 13 ta un tegirmoni va 5 ta guruch tegirmoni qayta jihozlandi va ularning quvvati mos ravishda kuniga 300 va 230 tonna donni qayta ishlashga erishildi.
1986-90 yillarda agrosanoat majmuasida yangidan qayta tashkillashtirish amalga oshirildi. 1985 yil 14 oktyabrda Zaxiralar vazirligi tugatilib uning asosida soyuz – respublikasining Non mahsulotlari vazirligi tashkil qilindi. Yarim yildan so’ng ya’ni, 1986 yil mart oyida Vazirlik yana qayta tuzilib, uning tarkibiga non yopadigan, makaron va shirinlik ishlab chiqarish sanoati («Uzxlebprom») va 22 ta unga qarashli non yopadigan bo’limlar ish boshladi. Yangi vazirlik faoliyati tugatilgan vazirlik bajargan vazifalarni bajardi. 1987 yildan 1990 yilgacha ishlab chiqarish quvvatini oshirish davom ettdi. Quyidagi loyihalar amalga oshirildi:
Oqtosh, Oqoltin va Qo’rg’ontepaning umumiy quvvati kuniga 1900 tonna bo’lgan 7 ta navli tegirmoni yuqori ishlab chiqarish qurilmalari bilan jihozlandi;
Nukus, Shovot, Sirdaryo va Urganchda umumiy quvvati kuniga 100 tonna bo’lgan yorma zavodi ishga tushdi;
Umumiy quvvati kuniga 1910 tonna bo’lgan 7 ta tegirmon:
Oqoltin va Xonqada kuniga 630 tonna, Do’stlik va Uchqo’rg’onda 250 tonnadan hamda Yakkabog’da 100 va Muzrabod (Gagarin)da 50 tonna ozuqa yem ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushdi;
12 ta tegirmonda eskirgan qurilmalarni yangi, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega, umumiy quvvati kuniga 573 tonna donni qayta ishlay oladigan texnik qurilmalar bilan qayta jihozlash amalga oshirildi. Xuddi shundan ishlar 6 ta yorma sexlarda ham bajarildi. Shu yilning o’zida 300 tonnadan ortiq quvvatga ega bo’lgan elevatorlar ishga tushirildi.
1987-1990 yillarda ishga tushirilgan un zavodlarining katta quvvatda ishlashi, aholining o’sha davrdagi unga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirdi va non mahsulotlari tarmog’ining rivojlanishida yakuniy bosqich bo’lib xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 fevraldagi PF-334-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi tugatilib, uning negizida O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari («O’zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi PF-840-sonli farmoniga asosan «O’zdonmahsulot» davlat konserni «O’zdonmahsulot» davlat - aksionerlik korporatsiyasiga aylantirilgan.
1995-1998 yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab chiqarib, respublika aholisi ehtiyojini qondirdi.
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan «O’zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan.
Bugungi kunda  «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 35 ta korxona mavjud.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 44 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 48 ta urug'lik sexi, 43 ta omuxta yem sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  
Respublikamiz ichki iste'mol bozorini oziq ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, mahsulot turlarini kengaytirish, aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari, bilan ta'minlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.