Asosiy menu

Yagona aksiyador qarorlari

"O‘zdonmahsulot" AK yagona aksiyadorining 2024 yildagi qarorlari
 
Sanasi Kun tartibidagi masalalari Ovoz berish yakunlari Qarorlarning ta’rifi
1 22.05.2024 «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasini tugatish toʻgʻrisida Yoqlab- 581390658 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz.
1. Quyidagilar:
a) Qarorga asosan «Oʻzagrokimyohimoya» AJ, «Oʻzagroservis» AJ va «Oʻzdonmahsulot» AKni (keyingi oʻrinlarda – Agrar sohada xizmat koʻrsatuvchi korxonalar) tugatish komissiyasi, shu jumladan ularning aktivlarini tasarruf etish vazifalarini amalga oshirish uchun Davaktiv agentligi huzurida Agrar sohada xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tugatish boʻyicha loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish belgilanganligi;
b) Davaktiv agentligining 2024-yil 13-maydagi 160-son buyrugʻi bilan Loyiha ofisi va uning tuzilmasida «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish loyiha guruhi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi («Oʻzdonmahsulot» AK, STIR: 201051421, Indeks: 100011, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan) ixtiyoriy ravishda tugatilsin.
3. «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish komissiyasi, shu jumladan uning aktivlarini tasarruf etish vazifalarini amalga oshirish Loyiha ofisiga yuklatilsin.
Bunda, «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatishni amalga oshirish uchun masʼul etib quyidagi mutaxassislar belgilansin:
1) Axmedov Sharofiddin Shodimurotovich – Loyiha ofisi rahbari;
Maʻlumotlari: ID-karta raqami: AD 3463707, 2023-yil 29-mayda berilgan, IIV 26287, tel.: 99891-234-87-65, elektron pochta manzili: Sh.Ahmedov@davaktiv.uz;
2) Madakimov Gʻayratjon Gʻulomjonovich – «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish loyiha guruhi rahbari;
Maʻlumotlari: ID-karta raqami: AD 4158304, 2023-yil 3-avgustda berilgan, IIV 61321, tel.: 99897-704-38-44, elektron pochta manzili:madakimov81@mail.ru;
3) Uzakov Shuxrat Aʻlamovich – «Oʻzdonmahsulot» AK boshqaruv raisi, «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish loyiha guruhi rahbari o‘rinbosari;
Maʻlumotlari: ID-karta raqami: AD 2459808, 2023-yil 1-fevralda berilgan, IIV 26263, tel.: 99890-988-04-07, elektron pochta manzili: sh.uzakov@uzdon.uz;
4) Musayev Faxriddin Muxamatjanovich – «Oʻzdonmahsulot» AK boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari;
Maʻlumotlari: ID-karta raqami: AD 2171854, 2022-yil 13-dekabrda erilgan, IIV 60009, tel.: 99897-275-17-07, elektron pochta manzili: f.musayev@uzdon.uz;
5) Nazarov Sulton Abduxamidovich – «Oʻzdonmahsulot» AK Strategik rejalashtirish va korporativ munosabatlar boshqarmasi boshligʻi;
Maʻlumotlari: Pasport raqami: AB 5839726, 2017-yil 30-yanvarda berilgan, Toshkent shahar Chilonzor tumani IIB, tel.: 99897-428-28-56, elektron pochta pochta manzili: s.nazarov@uzdon.uz;
6) Saidov Niyat Meliyevich – «Oʻzdonmahsulot» AK Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi;
Maʻlumotlari: Pasport raqami: AB 2118242, 2015-yil 1-dekabrda berilgan, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB, tel.: 99891-940-94-93, elektron pochta manzili: n.saidov@uzdon.uz;
7) Turdiyev Ziyoviddin Baxtiyorovich – «Oʻzdonmahsulot» AK Yuridik xizmat boshligʻi.
Maʻlumotlari: ID-karta raqami: AD 2489295, 2023-yil 3-fevralda berilgan, IIV 60009, tel.: 99897-428-40-24, elektron pochta manzili: z.turdiyev@uzdon.uz;
4. «Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish bilan bogʻliq barcha hujjatlarga, shu jumladan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlarga imzo qoʻyish huquqi quyidagicha tasdiqlansin:
a) birinchi imzo qoʻyish huquqi:
Loyiha ofisi rahbari Axmedov Sharofiddin Shodimurotovichga;
«Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish loyiha guruhi rahbari Madakimov Gʻayratjon Gʻulomjonovichga;
b) ikkinchi imzo qoʻyish huquqi «Oʻzdonmahsulot» AK Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi Saidov Niyat Meliyevichga.
5. Loyiha ofisi belgilangan tartibda:
«Oʻzdonmahsulot» AKni tugatish boʻyicha roʻyxatga oluvchi organni xabardor qilinishini va ommaviy axborot vositalarida tegishli eʼlon berilishini;
«Oʻzdonmahsulot» AKning xodimlariga mehnat qonunchiligi boʻyicha xabarnomalar yuborilishini;
Qaror doirasida Loyiha ofisiga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini, jumladan «Oʻzdonmahsulot» AKning aktivlarini xatlovdan oʻtkazilishini va ularni belgilangan tartibda sotilishini;
«Oʻzdonmahsulot» AKni qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishini va davlat roʻyxatidan chiqarilishini;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oy yakuni boʻyicha Davaktiv agentligiga kiritib borilishini taʼminlasin.
6. Tugatilayotgan «Oʻzdonmahsulot» AK boʻyicha murojaatlar tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon berilgan kundan eʼtiboran ikki oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oltinkoʻl 2-tor koʻchasi, 115-uy (Indeks: 100072) manzili boʻyicha qabul qilinishi belgilab qoʻyilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari N. Xusanov va Loyiha ofisi rahbari Sh.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.

2 20.03.2024 «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosarining vakolatini tugatish to‘g‘risida Yoqlab- 581390658 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Quyidagilar:
a) «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasida barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar yagona aksiyador qarori qabul qilinishi;
b) «O‘zdonmahsulot» AJ (keyingi o‘rinlarda - jamiyat) tomonidan jamiyat boshqaruv raisining Moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Iskandarov Rustam Sadullayevichning 2023-2024-yillarda ishlagan davri uchun 2024-yil 25-martdan mehnat ta’tiliga chiqish va ta’til tugaganidan so‘ng nafaqaga chiqishi munosabati bilan o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan arizasi taqdim etilganligi;
d) Jamiyat Ustavining 10.2.-bandiga asosan boshqamv raisi va boshqaruv a’zolarini saylash (tayinlash), ulaming vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. «O‘zdonmahsulot» AJ Boshqamv raisining Moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Iskandarov Rustam Sadullayevich 2023-2024-yillarda ishlagan davri uchun mehnat ta’tili yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asosan 2024-yil 24-apreldan o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilsin va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Davaktiv agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari N.Xusanov zimmasiga yuklansin.
3. 26.01.2024 "O'zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitalini kamaytirish va Korporativ boshqaruv qoidalarini joriy etish hamda ichki nizomlarini tasdiqlash to'g'risida Yoqlab- 581390658 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–168-son qarorining 5-bandiga asosan kompaniya tarkibidagi 25 ta don korxonalarini  2022-yil 1-iyulga qadar Agentlikka o‘tkazgan holda, ommaviy savdolar orqali sotish, qolganlarini esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqarish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ–102-son qarori 1-ilovasi izoh qismi 7-bandi 3-xatboshiga asosan kompaniyaga tegishli aksiyalar paketi uning ustav kapitalidagi davlat ulushini balans qiymatiga kamaytirish hisobiga davlat nomidan aksiyador funksiyasini bajaruvchi davlat organlariga oʻtkazilishi qayd etilganligi;
Xususiylashtirish davlat komissiyasi bayoni (roʻyxat raqami:01-02/1-620-son, 30.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan kompaniya tarkibidagi don korxonalarini, non sexlari va savdo do‘konlarini xususiylashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 2-bandiga asosan kompaniya tarkibidagi birinchi bosqichda savdoga chiqariladigan 20 ta don korxonalarining ustav kapitalidagi aksiya paket (ulush)larni balans (qoldiq) qiymatda kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish yuzasidan yagona aksiyador qarorini qabul qilish belgilanganligi;
Xususiylashtirish davlat komissiyasi bayoni (roʻyxat raqami:VM-407-son, 05.06.2023-y.) qarorining 1.5.-bandiga asosan ustav kapitalida davlat ulushi 51 foizdan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va ularning tizimidagi korxonalardan, shu jumladan tijorat banklaridan aktivlarni ularning ustav kapitalidagi davlat ulushini aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirish hisobiga Davaktiv agentligiga oʻtkazib berilishi belgilanganligi;
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning:
19-moddasiga asosan jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkinligi;
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi;
59-moddasiga asosan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish masalasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilganligi;
58-moddasiga asosan barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmasligi, ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinishi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerakligi;
Kompaniya tomonidan «Ohangaron don» AJning 3 645 350 dona 1 093 605 000 soʻmlik, «Andijondonmahsulotlari» AJning 1 785 000 dona 357 000 000 soʻmlik, «Popdonmahsulot» AJning 603 350 dona 9 959 143 681,4 soʻmlik, «Shovot don mahsulotlari» AJning 4 941 679 dona 5 410 836 651 soʻmlik, «Dunyo-M» AJning 8 030 880 dona 18 630 190 000 soʻmlik, «Xovos don mahsulotlari» AJning 2 236 333 dona 19 714 443 720 soʻmlik, «Buxoro don mahsulotlari» AJning 90 164 dona 893 185 394 soʻmlik, «G‘alla-Alteg» AJning 1 305 321 dona 326 330 250 soʻmlik, «Qishloq qurilish bank» ATBning 61 110 091 dona 7 287 378 351,75 soʻmlik va «Agrobank» ATBning 2 347 852 dona 2 742 291 136 soʻmlik jami 66 414 404 184,15 soʻmlik aksiyalar paketi Davaktiv agentligiga topshirilganligi;
Kompaniyaning amaldagi ustaviga muvofiq ustav fondi (ustav kapitali) miqdori 647 805 063 000 (olti yuz qirq yetti milliard sakkiz yuz besh million oltmish uch ming) soʻm boʻlib, nominal qiymati 1 000 soʻmlik 647 805 063 (olti yuz qirq yetti million sakkiz yuz besh ming oltmish uch) dona aksiyalardan iboratligi;
Kompaniyaning ustav kapitali obyektning balans qiymatiga yaʻni, 66 414 405 000 soʻmga (nominal qiymati 1 000 soʻmlik 66 414 405 dona aksiyalarga) yaxlitlangan holda kamaytirilsa jamiyat ustav kapitali 647 805 063 000 soʻmdan 581 390 658 000 soʻmni tashkil etishi va oradagi 815,85 soʻm farq keyingi aksiyalar chiqariluvida inobatga olinishi.
b) jamiyat Ustavida, kuzatuv kengashi aʼzolari soni 7 nafar etib belgilanganligi hamda kuzatuv kengashining son tarkibini belgilash, aʼzolarini saylash va vakolatlarini muddatidan oldin tugatish yagona aksiyador vakolatiga kiritilganligi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ–101-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ning 3-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Davaktiv agentligi tomonidan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari, namunaviy Axloq kodeksi hamda uning ajralmas qismi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati va Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati ishlab chiqilib, Davaktiv agentligining 2023-yil 23-iyundagi 145-son buyrugʻi bilan tasdiqlanganligi, unda:
Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalari davlat ishtirokidagi korxonalarning oliy boshqaruv organi (aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi, muassis) qarori bilan qabul qilinishi hamda muayyan tavsiyalarga rioya etish imkoni mavjud boʻlmaganda, «comply or explain» (rioya qil yoki tushuntir) tamoyili asosida uning sabablari har yili oshkor etib borilishi;
Axloq kodeksi va uning ajralmas qismi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati, Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati namunaviy boʻlib, korxonalarning faoliyat yoʻnalishining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi hamda kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanishi belgilanganligi;
mazkur buyruq bilan 2023-yilda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga Korporativ boshqaruv qoidalarini hamda Axloq kodeksi talablarini joriy etish grafigi tasdiqlanganligi;
2023-yil 30-noyabrda kompaniya kuzatuv kengashining majlisida, kompaniyaning Axloq kodeksi, Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati, Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati tasdiqlanganligi.
g) «Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan Davaktiv agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organlari rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlashni (tanlov oʻtkazish, saylash) tashkil etishi belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ–101-son qaroriga asosan 2023-yil 1-iyuldan boshlab DIKlarning rahbari va uning oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-422-son qarorining 18-bandiga muvofiq, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, shuningdek, ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan maʻqullangandan soʻng aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga kiritish tartibini joriy etish belgilanganligi;
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunning 59-moddasiga asosan jamiyat ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalalari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniya ustav fondi (ustav kapitali) chiqarilgan va joylashtirilgan, umumiy soni 581 390 658 dona aksiyalardan iborat, har bir aksiyaning nominal qiymati 1 000 soʻmdan jami 581 390 658 000 (besh yuz sakson bir miliard uch yuz to‘qson million olti yuz ellik sakkiz ming) soʻm miqdorida tasdiqlansin.
Bunda:
a) Oradagi 815,85 soʻm farqni keyingi aksiyalar chiqariluvida inobatga olinsin;
b) 2015-yil 30-sentabrdagi R0739-4-sonli emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishidagi aksiyalarning umumiy soni 66 414 405 dona oddiy aksiyalarga qisqartirish yoʻli bilan kamaytirilsin;
v) 2015-yil 30-sentabrdagi R0739-4-sonli aksiyalar chiqarilishiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish matni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
g) Kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnini imzolash vakolati direktorning birinchi oʻrinbosari N. Xusanovga berilsin.
3. Kompaniya kuzatuv kengashi aʼzolarining yangi tarkibi quyidagicha tasdiqlansin:

1. Xodjayev Jamshid
Abduxakimovich
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari
2. Qosimov Akmal
Malikjonovich
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
3. Ortiqov Shahobiddin
Hamroyevich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik nazorati boshligʻi
4. Kurokboev Tolmas
Ibodullaevich
Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi
5. Mirzayev Toʻlqin
Eshqobilovich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori
6. Mustafakulov Umidjon
Pulatovich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshligʻi o‘rinbosari
7. Xurramov Odil
Azamatovich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

4. Kompaniya tomonidan Davlat ishtirokidagi korxonalar Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyati qabul qilinsin hamda Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyatini qabul qilish toʻgʻrisidagi axborot shakli 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Kompaniyaning «Ijroiya organi rahbarlik lavozimlariga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisida»gi hamda «Ijroiya organiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomlari 3 va 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Yuqorida keltirilgan kun tartibidagi masalalardan kelib chiqib, kompaniyaning amaldagi ustaviga taklif etilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar maʻqullansin va yangi tahrirdagi ustav 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Kompaniya boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Sh.A. Uzakov:
kompaniya ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʻtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qilinishini;
aksiyalar chiqarilishiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnini va yangi tahrirdagi ustavni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʻminlasin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklatilsin.






"O‘zdonmahsulot" AK yagona aksiyadorining 2023 yildagi qarorlari
 
Sanasi Kun tartibidagi masalalari Ovoz berish yakunlari Qarorlarning ta’rifi
1. 03.11.2023 «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida Yoqlab- 647566049 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasininig 2021-yil 4-maydagi 266-sonli qaroriga muvofiq «Samarqand-donmahsulotlari» AJ va «Ohangaron don» AJ ustav kapitalidagi «Turonbank» ATB ulushlari «0 ‘zdonmahsulot» AK (keyingi о ‘rinlarda - kompaniya)ning ustav kapitalini oshirish hisobiga o‘tkazilayotganligi munosabati bilan kompaniyaning nominal qiymati 1 000 so‘mdan bo‘lgan umumiy qiymati 239 014 000 so‘mlik 239 014 dona oddiy aksiyalarini chiqarish to‘g‘risida kompaniya yagona aksiyadorining 2023-yil 14-iyundagi 77/09-2-qr-son qarori qabul qilinganligi;
kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarori Iqtisodiyot va moliya vazirligidan 2023-yil 19-sentabrda P-0739-8-son bilan ro‘yxatga olinganligi;
kompaniya va Davaktiv agentligi o‘rtasida 2023-yil 18-oktabrda tuzilgan 3 12-877-son shartnomaga asosan kompaniya ustav kapitalidagi 239 014 000 so‘mlik aksiyalari Davaktiv agentligiga joylashtirilganligi;
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasida jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kirishi belgilanganligi;
Qonunning 18-moddasiga muvofiq jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalaming nominal qiymati miqdorida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalaming soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalaming soniga kamaytirilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniyaning 2023-yil 19-sentabrda R0739-8-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar chiqariluvi to‘liq joylashtirilganligi munosabati bilan uning yangi tahrirdagi ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kompaniya boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Sh.Uzakov belgilangan tartibda kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
2. 06.09.2023 «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida Yoqlab- 647566049 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2023-yil 31-maydagi F-26-son farmoyishiga asosan jamiyat belgilangan tartibda tugatulgunga qadar Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilishi belgilanganligi;
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida jamiyat ustavida uning joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerakligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniyaning yuridik manzili oʻzgartirilishi munosabati bilan uning yangi tahrirdagi Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kompaniya Boshqaruv raisi Sh. Uzakov belgilangan tartibda Kompaniyaning yangi tahrirdagi Ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. 29.05.2023 1. "O’ZDONMAHSULOT« AK Kuzatuv kengashi to’g’risidagi Nizomi»ni yangi tahrirda tasdiqlash.
2. «O’ZDONMAHSULOT» AK Yagona aksiyadorining 2020 yil 22 iyuldagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Nizomi»ni bekor qilish to’g’risida.
Yoqlab- 647566049 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. "O’ZDONMAHSULOT« AK Kuzatuv kengashi to’g’risidagi Nizomi» ilovaga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlasin.
2. «O’ZDONMAHSULOT» AK Yagona aksiyadorining 2020 yil 22 iyuldagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Nizomi» o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.


«O‘zdonmahsulot» AK yagona aksiyadorining 2022 yildagi qarorlari
 
Sanasi Kun tartibidagi masalalari Ovoz berish yakunlari Qarorlarning ta’rifi
1 5.04.2022 1. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisini lavozimidan ozod etish va o‘rniga yangi rahbarni tayinlash to‘g‘risida. Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Pulatov Farrux Jaxongarovich o‘z ixtiyoriga asosan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan Kompaniya raisi lavozimidan ozod etilib u bilan tuzilgan menat shartnomasi 2022 yil 29 martdan bekor qilinsin.
2.«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniya boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga 2022 yil 5 apreldan Uzakov Shuxrat A’limovich tayinlansin.
2 20.09.2022 1. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida.
2. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining qimmatli qg‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirish kiritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash to‘g‘risida.
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-168-son qarorining 4-ilovasiga va «Qishloqqurilishinvest» IK MChJdagi 5,47 foiz ulushini Davaktiv agentligiga o‘tkazib berilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq «O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitali 200 000 dona oddiy aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan kamaytirilsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AKning yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlansin.
3.«O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitalini kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin va kiritilgan o‘zgartirishlar matni tasdiqlansin.
4.«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi v.b. Sh.Uzakov jamiyatning ustavini hamda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritiladigan o‘zgartirishlar matnini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
3 19.10.2022 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2021 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini eshitish.
2. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti va 2021 yilning asosiy natijalari hamda 2022 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
3. Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2021 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2021 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish.
4. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Kompaniyada 2021 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasini ko‘rib chiqish.
7. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
8. Kompaniya Kuzatuv kengashi azolarini muddatini uzaytirish.
9. Kompaniya Taftish komissiyasi faoliyatini tugatish.
10. Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini o‘zaytirish, boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlash hamda boshqaruv tarkibini tasdiqlash.
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2021 yildagi ishlari bo‘yicha hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti va 2021 yilning asosiy natijalari hamda 2022 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisoboti tasdiqlansin va kompaniya Boshqaruv ishlari qoniqarli deb hisoblansin.
3. Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2021 yil uchun moliyaviy hisoboti tasdiqlansin. «PERFECT-AUDIT» MChJ Auditorlik tashkiloti tomonidan kompaniyaning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruv natijasida 2022 yil 20 apreldagi halqaro audit standarti bo‘yicha tuzilgan ijobiy xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan kompaniya Taftish komissiyasining 2022 yildagi xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin.
6. Kompaniyada 2021 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi taqsimlansin.
8. Kompaniya Kuzatuv kengashi azolarini muddatini uzaytirilsin.
9. Kompaniya Taftish komissiyasi faoliyati tugatilsin.
10. Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddati o‘zaytirilsin, boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin hamda boshqaruv tarkibi tasdiqlansin.
4 22.11.2022 1. «O‘zdonmahsulot» AKning yangi tashkily tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida. 2. «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 20 ta don korxonalarining ustav kapitaldagi «O‘zdonmahsulot» AKga tegishli ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risida. Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev raxbarligida 2022 yil 11 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishi 40-son bayoni (16.05.2022 y 02-RA 1-7554-son topshiriq) hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 maydagi 02/1-1180-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan «Yo‘l haritasi»da berilgan topshiriqlar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK ning yangi tashkiliy tuzulmasi tasdiqlansin.
3.«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 20 ta don korxonalarining ustav kapitalidagi «O‘zdonmahsulot» AKga tegishli ulushlarini o‘tkaib berish bo‘yich qisqa muddatlarda Kompaniya kuzatuv kengashining navbatdan tashkari yig‘ilishi tashkil etilsin.
4.«O‘zdonmahsulot» AK mazkur ulushlarni o‘tkazish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rsin.
5 30.12.2022 1. «O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil to‘qqiz oylik moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha divident to‘lash to‘g‘risida. 2. «O‘zdonmahsulot» AK Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini oshirish to‘g‘risida. Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz 1.Kompaniyayaning 2022 yil to‘qqiz oyi yakunlari bilan hisoblangan 53 054 996 ming so‘m miqdoridagi sof foydasining 75 foizi (39 791 247 ming so‘m) dividentga yo‘naltirilsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom kayta ko‘rib yagona aksiyadorga tasdiklash uchun kiritilsin.
6 30.12.2022 1. «O‘zdonmahsulot» AKning qimmatli qog‘ozlar chiqarishiga o‘zgartirishlar kritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash to‘g‘risida. Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz 1.«O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitali kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga tegishli o‘zgarishlar kiritilsin va kiritilgan o‘zgarishlar matni tasdiqlansin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi Sh.Uzakov jamiyatning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritiladigan o‘zgarishlar matnini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.


«O‘zdonmahsulot» AK yagona aksiyadorining 2021 yildagi qarorlari
 
Sanasi Kun tartibidagi masalalari Ovoz berish yakunlari Qarorlarning ta’rifi
1 25.06.2021 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga asosan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda-Emitent)ning ustav fondini ko‘paytirish.
2. Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarorini tasdiqlash.
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga asosan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda-Emitent)ning ustav fondini ko‘paytirilsin.
2. Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarorini tasdiqlansin.
2 26.07.2021 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2020 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
2. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, 2020 yilning asosiy natijalari hamda 2021 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
3.Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2020 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2020 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish.
4. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Kompaniyada 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini hamda davlat ishtiroki bilan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etishini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosalarini ko‘rib chiqish.
7. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
8.Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini uzaytirish.
9. Kompaniyaning 2021 yilgi faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash.
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2020 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin.
2. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, 2020 yilning asosiy natijalari hamda 2021 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlansin.
3.Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2020 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2020 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshiruvi ijobiy xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin.
6. Kompaniyada 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini hamda davlat ishtiroki bilan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etishini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlasin.
8.Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini uzaytirilsin.
9. Kompaniyaning 2021 yilgi faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilasin.
3 19.09.2021 1. "O‘zdonmahsulot" AK Kuzatuv kengashi a’zolarini tasdiqlash.
2. "O‘zdonmahsulot" AK taftish komissiyasi a’zolarini tasdiqlash.
3. "O‘zdonmahsulot" AK Ustavini va "Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi Nizomini yangi tahriri tasdiqlash.
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. 1. "O‘zdonmahsulot" AK Kuzatuv kengashi a’zolari tasdiqlansin.
2. "O‘zdonmahsulot" AK taftish komissiyasi a’zolari tasdiqlansin.
3. "O‘zdonmahsulot" AK Ustavini va "Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi Nizomini yangi tahriri tasdiqlansin.