Asosiy menu

“Mahalla obodligi – yurt farovonligi” umumxalq xayriya hashari

Kompaniya va tizim korxonalarida 30 aprel kuni «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Hashar davomida korxonalarimiz hududlari, don qabul qilish maskanlari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib boriladi. Umumxalq xayriya hashari doirasida korxonalarimiz ishchilari yanada faol qo‘llab-quvvatlanadi.
Yurtimizda jadal sur’atda olib borilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha korxonalarimiz hududlarida gul ko‘chalari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash ishlari amalga oshiriladi.
Umumxalq xayriya hashari doirasida ishlab chiqarish sexlari va ma’muriy binolardagi ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlari olib boriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari korxonalarimiz ishchi xodimlarining ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.