Asosiy menu

Taxiatosh unlari xorijnikidan qolishmaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida "ATIYAJ-GULZAR" mas’uliyati cheklangan jamiyatining donni qayta ishlash korxonasi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonada bir kecha-kunduzda 120 tonna don qayta ishlanadi. 90 tonna un, 30 tonna kepak ishlab chiqariladi. 
25 va 50 kilogrammlik qopda "Beshqal’a", "Stella" savdo belgisi ostida chiqarilayotgan un mahsulotlari Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlari, shuningdek, Xorazm viloyati savdo markazlariga yetkazib berilmoqda. 
– Korxona qurilishida "Asakabank"dan olingan 7 milliard so‘mlik kredit mablag‘i qo‘l keldi, – deydi "ATIYAJ-GULZAR" MChJ rahbari Ozod Mustafoyev. – Maqsadimiz aholini xorij unlaridan qolishmaydigan o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot bilan ta’minlashdir.
Yangi korxonada doimiy ish bilan ta’minlangan 60 ishchining aksariyati yoshlardir.

UzA