Kompaniya tarkibidagi korxonalar lokal hujjatlari
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan 35 ta don mahsulotlari korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi «O‘zdonmahsulot davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida» 376-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi tarkibiga kiradigan 34 don mahsulotlari korxonalari O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta'minlovchi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi;
faqat «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan bug‘doy va urug‘lik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash huquqiga egadirlar.
Shu bilan birga, qayta tashkil etilgan «O‘zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi balansida bo‘lgan mol-mulk ham «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga berilgan.