Interaktiv xizmatlar
"O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi
"O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari :
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta'minlash;
- yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta'minlashni tashkil etish;
- don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarining don yetishtiruvchilar - shirkat va fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmlarini, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini ta'sirchan nazorat qilish va uni xolisona baholash tizimini yaratish;
- don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko‘maklashish; don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko‘rsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.