Asosiy menu

G‘alladan bo‘shagan yerni ishsiz aholiga vaqtincha bergan fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinadi

«Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasida quyidagi maqsad va vazifalar nazarda tutilgan:

fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlariga tegishli g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini yer solig‘idan ozod qilish ko‘rinishida rag‘batlantirish;

elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldini olish.

Mazkur loyiha qabul qilinishi bilan g‘allaga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari yer solig‘idan ozod qilinadi hamda ushbu mablag‘lar ularning ixtiyorida qoladi. G‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarining ishsiz aholiga ijara asosida berilishi natijasida ishsizlik ko‘rsatkichlari pasayadi,  elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritish faqat hisobot oyida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qarzi yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldi olinadi.

Qonun loyihasi bilan g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini ishsiz aholiga tarqatish sharti bilan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarini hamda yer uchastkalarini ijaraga olgan fuqarolarni ushbu yer uchastkalariga hisoblanishi lozim bo‘lgan yer solig‘idan ozod qilish, elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldini olish nazarda tutilmoqda.