Asosiy menu

Toshkent xalqaro kinofestivali

«Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali «Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Kinofestival «Festivallar festivali» shaklida, nufuzli xalqaro kinofestivallarning g‘olib va nominantlari ishtirokida dunyoning eng yaxshi kino san’ati asarlarini jalb qilgan holda tashkil etilgan.
Kinofestival arafasida chet davlatlarda O‘zbek kino san’ati kunlari hamda O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarning kino san’ati kunlarini tashkil etilgan, ushbu tadbirlarni Toshkent shahri va respublika hududlari bo‘ylab o‘tmoqda.
O‘zbekistonning kino va turizm sohalaridagi salohiyatini targ‘ib qilish hamda bu boradagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.