Asosiy menu

Umumxalq xayriya hashari

Bugun 30 aprel kuni erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida kompaniya va tizim korxonalari xodimlarining barchasi faol ishtirok etmoqda.
Har yili bahor faslida, qutlug‘ bayramlar arafasida yaxshi niyatlar bilan hashar o‘tkazish xayrli an’anaga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bu yilgi hasharga o‘zgacha ruh bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatini, turfa gullar nihollarini o‘tqazish, chor-atrofni yanada tartibli, toza, ozoda holga keltirish ishlari yanada avj olgan.
Umumxalq xayriya hashari doirasida kompaniya va korxonalarimiz hududlari, don qabul qilish maskanlari tartibga keltirilmoqda. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib borilmoqda. Umumxalq xayriya hashari doirasida korxonalarimiz ishchilari yanada faol qo‘llab-quvvatlanadi.
Yurtimizda jadal sur’atda olib borilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha korxonalarimiz hududlarida gul ko‘chalari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Umumxalq xayriya hashari doirasida ishlab chiqarish sexlari va ma’muriy binolardagi ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari korxonalarimiz ishchi xodimlarining ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lmoqda.
Qutlug‘ Ramazon ayyomi arafasida boshlangan umumxalq xayriya hashari kompaniya va tizim korxonalari xodimlarining mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasidir.