Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili g‘alla, paxta, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan mo‘l hosil yetishtirildi.
2015-yilda hududlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun 1ming 660 dan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 21 ming 500 fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalikka aylantirilib, intensiv va mahalliy bog‘lar barpo etildi, go‘sht, sut va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari ko‘paydi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda servis xizmatlari rivojlantirildi. Natijada 96 ming 200 yangi ish o‘rni yaratildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi hamkorligida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha manzilli dasturlar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida shular xususida gap bordi.
Tadbirda global ekologik muammolar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi kamayib, narxlar oshayotganiga qaramasdan yurtimizda bu borada ijobiy natijalar qo‘lga kiritilayotgani, 2015-yilda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun BMT tomonidan mukofotlangan 14 davlatdan biri bo‘lgani alohida ta’kidlandi.
Bu boradagi yutuqlarni yanada oshirishda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni keng targ‘ib qilish, yerdan samarali foydalanish va mahalliy xomashyo asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
– Davra suhbatida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport hajmini oshirish va qishloqlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yuzasidan istiqboldagi vazifalar belgilab olindi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Islomjon Zokirov. – Bu rejalarning amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga, xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.
UzA

Бошка Tadbirlar