Navoiyda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi: yutuq va natijalar” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamkorligida Uchquduq va Zarafshon shaharlarida tashkil etilgan tadbirda kompaniya axborot texnoliyalari boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi B.Xasanov ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilayotgani ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga xizmat qilayotir. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida ham ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilib, yetakchi dasturiy ta’minot kompaniyalari, zamonaviy uskuna va texnologiyalar ta’minoti korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Kombinat tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarishga tatbiq etilib, GPS-GSM tizimli dastur orqali yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini nazorat qilish, transport vositalarini masofadan turib boshqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Geotexnologik konlarda nasoslarning masofadan turib boshqarilayotgani ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bugungi tadbir o‘zaro tajriba almashish, ishlab chiqarish jarayonlarida to‘plangan innovatsion yutuqlardan xabardor bo‘lishda muhim ahamiyatga ega.
Seminarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini konchilik sanoatida qo‘llashning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati bo‘yicha fikr almashildi. Bu borada "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasining Markaziy va Shimoliy kon boshqarmalarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Matbuot markazi.

Бошка "O`zdonmahsulot" AK yangiliklari