Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish sohasida boshlangan islohotlarni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-15-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2024-yilning 1-mart sanasidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlovlarni o'tkazish tartibi bekor qilinib, yerlarni elektron onlayn auksion savdolari orqali sotish ijaraga berish tizimi joriy etildi.Bunda yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali o‘ttiz yilga ijaraga beriladi va boshlang‘ich narx yerning normativ qiymati miqdorida belgilanadi.
Savdo g'olibi auksion natijasida tasdiqlangan summani:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini sotib olish to’lovlari uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda;
- dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish yo'nalishida «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan fuqarolarga besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.
"E-auksion" elektron savdo platformasigan ijaraga berish uchun chiqarilgan yer uchastkalarini istalgan shaxslar sotib olishi mumkin.
Бошка "O`zdonmahsulot" AK yangiliklari