"O`zdonmahsulot" AK

Korrupsiyaga qarshi kurashish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-5177-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki monitoring va komplaens nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralari ko’rilmoqda.
Kompaniyaning 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Yo’l xaritasi» hamda korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda kompaniya tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha amaliy ishlar davom etmoqda.