Asosiy menu

Mamlakat yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi

Hurmatli davlat rahbarlari! MDH davlat rahbarlarini qutlash, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Grigorevich Lukashenkoga mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Uchrashuvimiz, bu yerda ta’kidlanganidek, xalqaro vaziyat shiddat bilan o‘zgarayotgan, geosiyosiy keskinlik va siyosiy qarama-qarshiliklar avj olayotgan, qachon tugashi yoki pasayishi noma’lum bo‘lgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, diniy fanatizm radikallashayotgan va faollashayotgan, yaqin va uzoq mamlakatlarda ziddiyatli vaziyatlar keskinlashib borayotgan bir sharoitda o‘tmoqda. Keng tarqalayotgan zo‘ravonlik, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikning real tahdidlari kuchayib, ayrim mamlakatlardagi vaziyatni o‘ta chigallashtirib, yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni xunrezlikka aylantirayotgan va o‘zini nazorat qila olmay qolgan ba’zi siyosatchi va siyosatdonlarning, ayniqsa, telekanallar orqali agressiv da’vatlar bilan chiqayotgani bizni tashvishga solmay qo‘ymaydi, albatta. Yuzaga kelayotgan tahlikali vaziyatni to‘g‘ri baholamaslik qanday fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Masalan, Afg‘onistonda qariyb 35-yildan buyon davom etayotgan birodarkushlik urushi millionlab odamlarning umriga zomin bo‘ldi, yana millionlab insonlarni qochqinga aylantirdi. Mamlakat iqtisodiyotini butkul izdan chiqarib, vayronagarchilikka olib keldi. Bugun shunday bir avlod voyaga yetdiki, ular qurol tutish va undan foydalanishdan boshqa hech narsani bilmaydi. Bu mamlakatni bosib olish oson emasligi azaldan ma’lum edi. Bunga Afg‘oniston tarixidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Biz, hammamiz bu misollarni yaxshi bilamiz va shunga qat’iy ishonamizki, Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi. Biz Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bugun qat’iy ishonamizki, ushbu mamlakatda bir-biriga qarshi kurashayotgan barcha asosiy etnik-diniy siyosiy kuchlar vakillaridan iborat yangi hukumat qanchalik tez shakllantirilsa, bu beqarorlikka, qashshoqlikka barham berish, izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun yo‘l ochib beradi. Ukraina masalasiga kelsak, bizningcha, yuzaga kelgan muammolarni hal etish usuli sifatida kuch ishlatishdan voz kechish, faqat xalqaro huquqning muhim normalariga va BMT Nizomiga asoslangan siyosiy vositalardan foydalanish, tomonlarning o‘t ochishni to‘xtatish va yarashish bo‘yicha Minsk kelishuvini so‘zda emas, amalda to‘la bajarishi Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar jarayoni uchun zarur sharoit yaratishi mumkin. Afsuski, bu borada ko‘zda tutilgan va muzokara jarayonlariga yordam beradigan jiddiy siyosiy masalalar muhokamasi hamon boshlangani yo‘q. MDH davlat rahbarlarining bugungi uchrashuviga bevosita taalluqli bo‘lgan yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ikki kun avval bizning uchrashuvimizda Ukraina prezidenti janob P.Poroshenko ishtirok etishi haqidagi xabar muhim yangilik sifatida tarqatildi. Biroq, kecha kechqurun janob P.Poroshenko uchrashuvga kelmasligi, uning rejalari o‘zgarib qolgani xabar qilindi. Bizningcha, bunday qarorni ma’qullab bo‘lmaydi. Salkam bir yildirki, Ukrainadagi qarama-qarshiliklar eng dolzarb muammolardan biri sifatida butun dunyoda, jumladan, sobiq ittifoq hududida muhokama etib kelinmoqda. Darvoqe, bugun eng chekka tumanlar, qishloqlar aholisi ham Ukrainada qanday voqealar ro‘y berayotganini televideniye orqali ko‘rib, bilib turibdi. Bunday sharoitda ushbu voqealarga loqayd qaraydigan odam bo‘lmasa kerak. Ukrainada nimalar yuz berayotgani va bular qanday boshlanganidan deyarli barcha yaxshi xabardor. O‘zaro kurashayotgan tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar qachon va qanday tugashini hamma kutmoqda. Binobarin, bu muammo imkon qadar tezroq o‘z yechimini topishi darkor. Shu o‘rinda o‘zimizga savol beraylik: MDH davlat rahbarlaridan qaysi birimiz janob P.Poroshenko bilan yuzma-yuz uchrashdik? Faqat ayrimlargina. O‘tgan vaqt mobaynida P.Poroshenko Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida, ayniqsa, Bryusselda, boshqa davlatlarda bo‘ldi. Holbuki, u MDHning bugungi sammiti majlisida ishtirok etib, imkoniyatdan foydalanishi mumkin edi. Darvoqe, Ukraina hali MDH tarkibidan chiqqani yo‘q. Shunday taassurot paydo bo‘lmoqdaki, janob P.Poroshenko ikkilanib turibdi va MDHdan chiqish foydami yoki zararmi ekanligini o‘ziga aniq tasavvur qila olmayapti. Eng muhimi, u bugungi majlisda ishtirok etib, o‘z fikrini bayon qilganida, Ukraina muammosini hal etish borasida biz uchun aniqlik kiritilgan bo‘lar edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Hurmatli do‘stlar! Bugungi majlisimiz raisi Aleksandr Grigorevich Lukashenko o‘z nutqining pirovardida MDHni yanada rivojlantirish istiqbollarini oshkora muhokama qilish vaqti kelganini ta’kidladi. Biz uchun MDHning ahamiyati, barchamizning manfaatlarimiz hisobga olingan holda, sheriklar bilan o‘zaro foydali va serqirra hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligimiz aniq va ravshandir. Hamdo‘stlik – bu amaldagi mustahkam shartnomaviy-huquqiy bazaga ega, puxta ishlab chiqilgan vosita va mexanizmlari asosida bevosita xalqaro muloqot, dolzarb masalalarni muhokama qilish, unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi munozara va turlicha qarashlarni hal etish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan tuzilmadir. MDH mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi mavjud salohiyatdan keng foydalanish, terroristik va ekstremistik harakatlarning vaqtida oldini olish, ularga qarshi kurashish va bartaraf etish, eng muhimi, sobiq ittifoq hududida fuqarolarning o‘zaro muloqot qilishiga ko‘maklashish bo‘yicha maqbul yondashuvlar, muvofiqlashtirilgan amaliy choralar ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Bugun ushbu hududda o‘zining ertangi kunini MDHning shartnomaviy bazasi yaratgan muloqotsiz tasavvur qila oladigan mamlakat kam. Hatto Gruziya ham jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini bugun tushunib yetmoqda. MDH makonida barqaror taraqqiyotni ta’minlash, birinchi navbatda, o‘zimizga, ya’ni Hamdo‘stlik davlatlariga bog‘liq. Bu borada men barcha yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan bir-birimizni tushunish, puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni samarali amalga oshirish, aholi uchun munosib hayot darajasini ta’minlash, o‘z jamiyatimizni bunyodkorlik yo‘lida birlashtirish zarurligini nazarda tutmoqdaman. MDH hududida ayni paytda amalda qo‘llanilayotgan savdo tartibiga zarar yetkazmaydigan prinsiplarga asoslangan mukammal erkin savdo zonasini tashkil etish va uni tezroq ishga tushirish ko‘p jihatdan ushbu maqsadlarga erishish, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro savdo va investitsiyalarni kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish imkonini beradi. Bugun Vladimir Vladimirovich Putinning o‘zaro munosabatlarimizni yanada mustahkamlash uchun eng jozibador model sifatida ushbu tartibni ishga tushirish vaqti allaqachon yetgani haqidagi taklifini mamnuniyat bilan tingladim. Bu xalqlarimizni yaqinlashtiradigan va jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan masalalarni uzil-kesil hal etishga yordam beradigan yagona iqtisodiy model bo‘lib, bunga biz bejiz alohida e’tibor qaratayotganimiz yo‘q. Fursatdan foydalanib, sobiq ittifoq makonida boshqa integratsion birlashmalar shakllantirilishiga qaramay, MDH faoliyati yo‘lida biron-bir to‘siq yo‘qligini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Bu o‘rinda gap Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida bormoqda. Bu yerda ham muhokamaga sabab bo‘ladigan hech qanday muammo ko‘rmayapmiz. Shu bilan birga, ushbu davlatlararo birlashmalarning har biri, jumladan, negizida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilayotgan MDH ham – darvoqe, ushbu ittifoq nima asosda tashkil etilayotgani haqida o‘ylab ko‘rish ham maqsadga muvofiq bo‘lur edi – bir-birini takrorlamasdan, o‘z faoliyatini mustaqil yo‘lga qo‘yishi, rivojlanish konsepsiyasi va uzoq muddatli dasturiga ega bo‘lishi muhim, deb hisoblaymiz. Agar mazkur shartlarga rioya etilmasa, ushbu birlashmalarning o‘zaro muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatishiga umid qilish qiyin. Shu o‘rinda MDH masalalarining bugungi muhokamasi ularga bejiz e’tibor qaratmayotganimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Men avval ham aynan mana shu zalda bu masala bo‘yicha quyidagi fikrni bayon qilgan edim: mazkur jarayon shu zaylda davom etaversa, ya’ni MDH sammitlariga shunchaki borib-kelinaversa – bu o‘zini ko‘rsatishdan boshqa hech narsa emas. Shuning uchun ko‘plab hamkasblarimizning ushbu masalalar, ayniqsa, MDH istiqboli bilan bog‘liq masalalarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi haqidagi fikrlariga qo‘shilaman. E’tiboringiz uchun tashakkur. Manba: O`zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-oktabr kuni Oqsaroyda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klarkni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-oktabr kuni Oqsaroyda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klarkni qabul qildi

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, xususan, BMT Taraqqiyot dasturi bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etib, dolzarb masalalar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, uning izchil rivojlanishini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda. Suhbat chog‘ida so‘nggi 20-yilda mamlakatimizda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 184 million AQSh dollaridan ziyod 211 loyiha amalga oshirilgani qayd etildi. Joriy yilda O‘zbekistonda aholi turmush farovonligini oshirish va Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga doir o‘ttizdan ortiq loyiha hayotga tatbiq etilmoqda. BMT Bosh kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonning iqtisodiy yutuqlariga, ya’ni mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasi keyingi 10-yil davomida yiliga 8 foizdan ziyodni tashkil etayotganiga yuksak baho berdi. Helen Klark Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning Bosh kotibi Pan Gi Mun nomidan shu yil oktabr oyining oxirida Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusidagi xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ushbu xalqaro anjuman Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan va BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasida rasmiy hujjat sifatida tarqatilgan «Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda. Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligini yanada rivojlantirishga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Manba: O‘zA

Samarqandda BMT Xalqaro Sayyohlik Tashkiloti Ijro Kengashining 99-sessisiyasi boshlanadi

Samarqandda BMT Xalqaro Sayyohlik Tashkiloti Ijro Kengashining 99-sessisiyasi boshlanadi

“Jahon” AA - Bugun Samarqand shahrida BMT Xalqaro Sayyohlik Tashkiloti Ijro Kengashining 99-sessisiyasi o’z ishini boshlaydi. Xalqaro forum O’zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyatini jahon hamjamiyatiga yaqindan tanishtirish, xorijiy sayyohlik kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu sessiya sohaning yetakchi mutaxassislariga o’zaro tajriba almashish hamda jahon sayyohlik bozorining hozirgi holati hamda istiqbollari haqida fikrlar bilan o’rtoqlashish, sohadagi yangi tendensiyalar va dolazrb muammolarni muhokama qilish, yangi imkoniyatlarni namoyish etish imkonini beradi. Tadbirda nufuzli sayyohlik kompaniyalari rahbarlari va vakillari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikamamlakatlaridan kelgan ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, BMT Xalqaro sayyohlik tashkiloti rahbari Talib Rifai va boshqa sessiya ishtirokchilari mustaqillik yillarida mamlakatimizda sohada amalga oshirilgan ishlar, O’zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, yurtimizning sayyohlik infratuzilmasi hamda Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy, ilmiy va madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishadilar. Manba: Jahonnews

Prezident Islom Karimov ezgulik maskaniga tashrif buyurdi

Prezident Islom Karimov ezgulik maskaniga tashrif buyurdi

Istiqlol yillarida mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash, ularning qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Imon-e’tiqod, mehr-oqibat, shafqat va muruvvat kabi fazilatlar xalqimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas dinimizni, aziz avliyo va ulamolarimizning boy merosini teran o‘rganish, ularning qadamjolarini obod qilish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash yo‘lida beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Hazrati Imom majmualari singari tabarruk maskanlarda olib borilgan katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida bunday obidalar diyorimizning go‘zal, fayzli maskanlariga aylandi. Ana shunday savobli va ulug‘vor ishlarning uzviy qismi sifatida diniy ma’rifat asoslarini, dunyoviy ilmlarni chuqur o‘rganish maqsadida Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi va talabalarning zamonaviy tahsil olishlari uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Bunday savobli va olijanob ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, mamlakatimiz poytaxti azim Toshkentning ko‘hna Minor mavzesida muhtasham masjid barpo qilindi. Ilgari xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari Islom Karimov shu yilning 18-iyul kuni bu maskanda bo‘lib, qurilish ishlari bilan tanishgan edi. Yurtboshimiz bu yerda mohir quruvchi, muhandis va ustalarning faoliyati bilan tanishar ekan, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida fikr bildirib, majmuani yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar bergan edi. Oradan ikki yarim oy o‘tib, majmuadagi ishlar o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun, muqaddas Qurbon hayiti arafasida Islom Karimov ushbu ezgulik maskaniga tashrif buyurdi. Shu o‘rinda aytish kerakki, Prezidentimiz g‘oyasi va amaliy takliflari asosida yaratilgan ushbu loyihada milliy me’morchiligimizning, butun dunyoda mashhur bo‘lgan masjid va madrasalar qurishning azaliy an’ana va uslublaridan ijodiy foydalangan holda, har jihatdan betakror, muazzam majmua barpo etish ko‘zda tutilgan edi. Davlatimiz rahbari muhtasham majmuani va uning atrofida olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Muqaddas dinimizga muvofiq masjidda Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimov masjidning ichki va tashqi ko‘rinishi, bahavo ayvonlari, milliy o‘ymakorlik uslubida ishlangan ustunlar, bino qubbasidagi oltin suvi bilan ziynatlangan naqshlarni ko‘zdan kechirib, qo‘li gul ustalarning mehnatiga munosib baho berdi. Ayni vaqtda nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizda yagona, betakror bo‘lgan ushbu dinu diyonat maskani har jihatdan mukammal bo‘lishi, bu yerga toat-ibodat niyatida keladigan mo‘min-musulmonlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish bo‘yicha quruvchi va mutaxassislarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Xalqimizning pok qalbini, olijanob orzu-intilishlarini, ezgu niyatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu muazzam me’moriy majmua ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi muqarrar. Manba: O`zA

Ахборот-коммуникация технологиялари миллий саммити

Ахборот-коммуникация технологиялари миллий саммити

Тошкентда “АКТ-саммит – 2014” ахборот-коммуникация технологиялари миллий саммити бўлиб ўтди. “InfoCOM – 2014” ахборот-коммуникация технологиялари ҳафталиги доирасидаги ушбу саммит мамлакатимиз ахборот-коммуникация технологиялари соҳасидаги муҳим воқеалардан биридир. Ўзбекистон Республикаси Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат қўмитаси раиси Хуршид Мирзоҳидов, БМТнинг мамлакатимиздаги доимий мувофиқлаштирувчиси ва БМТ Тараққиёт дастурининг доимий вакили Стефан Приснер ва бошқалар Президент Ислом Каримов раҳнамолигида ахборот соҳасида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар ахборот-коммуникация технологияларини янада ривожлантириш ҳамда иқтисодиёт ва ижтимоий соҳанинг барча тармоқларига жорий этишга хизмат қилаётганини алоҳида таъкидлади. Давлатимиз раҳбарининг 2013 йил 27 июндаги Ўзбекистон Республикасининг Миллий ахборот-коммуникация тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисидаги қарори 2013-2020 йилларда мамлакатимиз ахборот ресурслари, тизим ва тармоқларини ривожлантириш стратегиясини белгилашга хизмат қилмоқда. Саммит Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг Ахборот ва коммуникация технологиялари масалалари қўмитаси, Ўзбекистон Республикаси Компьютерлаштириш ва ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш бўйича мувофиқлаштирувчи кенгаши, Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат қўмитаси, Ўзбекистон ахборот технологиялари корхона ва ташкилотлари уюшмаси ҳамда “ICTNEWS” нашри ҳамкорлигида ташкил этилди. Тадбир миллий ва халқаро экспертларда йил сайин тобора катта қизиқиш уйғотмоқда. Унда мамлакатимиз ва Жанубий Корея, Япония, Эстония, Беларусь, Чехия, Кипр каби давлатлардан 500 дан зиёд делегат иштирок этгани ҳам бунинг яққол тасдиғидир. “АКТ давлат секторида”, “АКТ бизнесда” “Интернет ва ахборот ресурслари” каби йўналишлар бўйича маърузалар тингланди. Ялпи ва шўъба йиғилишларида юқори технологиялар бозорининг етакчи экспертлари, давлат органлари, жамоат ва халқаро ташкилотлар вакиллари, мамлакатимиз ва чет эл IT компаниялари раҳбарлари ҳамда мутахассислари ахборот-коммуникация технологияларини иқтисодиёт ва жамият ҳаётининг турли жабҳаларига жорий этишга доир долзарб масалаларни муҳокама қилди. IT саноати стратегиялари ва уни ривожлантириш, технология ва инфратузилмаларни такомиллаштириш, янги илова ҳамда ечимлар ишлаб чиқиш масалалари кўриб чиқилди. Ўзбекистонлик мутахассислар юртимизда “Электрон ҳукумат” тизимини шакллантириш тажрибаси, миллий тармоқ бизнесини ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари тўғрисида сўзлаб берди. Иқтисодиёт ва ижтимоий ҳаётнинг турли соҳаларига ахборот-коммуникация технологияларини кенг жорий этиш, ахборот хавфсизлиги тизимини такомиллаштириш ва янги истиқболли лойиҳаларни амалга ошириш учун инновицияларни жалб этиш масалалари муҳокама қилинди. Саммитда Жанубий Корея делегатлари кенгайтирилган таркибда иштирок этди. Улар ахборот-коммуникация технологияларини давлат секторида қўллаш борасида эришилган ютуқларга бағишланган маърузалар билан қатнашиб, ушбу соҳада ўзбекистонлик шериклар билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик хусусида атрофлича тўхталиб ўтди. – Ўзбекистонда юқори технологиялар соҳасининг давлат томонидан қўллаб-қувватланаётгани соҳани янада ривожлантириш учун кенг имкониятлар яратмоқда, – дейди Жанубий Кореянинг LG CNS компанияси президенти Ким Дэ Хун. – Иқтисодиётнинг турли жабҳаларига ахборот-коммуникация технологияларининг жорий этилаётгани бунинг ёрқин исботидир. Ўзбекистонлик ҳамкасбларимиз билан ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш ва қўшма бизнес лойиҳаларини ривожлантиришга ишонамиз. Мазкур саммит мутахассислар, давлат органлари ва халқаро ташкилотлар, шунингдек, хусусий секторга ахборот-коммуникация технологиялари бозорининг ҳолатини таҳлил қилиш, соҳадаги сўнгги ютуқлар билан танишиш, янги ишончли ҳамкорлар топиш, мамлакатимизда ахборот-коммуникация технологияларини кенг жорий этиш учун қўшимча инвестиция ресурсларини жалб қилиш имконини берадиган ўзига хос майдонга айланди. Манбаа: ЎзА

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо мамлакатлар давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо мамлакатлар давлат раҳбарлари кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи

«Электрон ҳукумат» тизими: Қулай, тезкор ва ишончли

«Электрон ҳукумат» тизими: Қулай, тезкор ва ишончли

Мамлакатимизда замонавий ахборот-коммуникация технологияларини иқтисодиётимиз тармоқлари ва ҳаётимизнинг барча соҳасига кенг татбиқ этишга, тадбиркорлик субъектлари ҳамда аҳолига кўрсатилаётган интерактив давлат хизмати турларини кенгайтиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда