Asosiy menu

Mamlakat yangiliklari

Demokratiya, tinchlik va osoyishtalik – taraqqiyot omili

Demokratiya, tinchlik va osoyishtalik – taraqqiyot omili

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish uchun yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimiz saylov qonunchiligi, saylov uchastkalaridagi sharoitlar bilan tanishmoqda. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami yuksaldi

Xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami yuksaldi

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatadigan yangi terminal ish boshladi. Yangi terminalning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida viloyatda zamonaviy turizm sohasi rivojlanib, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish turi va sifatini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etilayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezident Islom Karimov 15-dekabr kuni Oqsaroyda AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni qabul qildi

Prezident Islom Karimov 15-dekabr kuni Oqsaroyda AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-dekabr kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston – AQSh munosabatlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz elchi Jorj Krolning mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Amerikalik diplomat samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida muhim siyosiy voqealar, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi samarali o‘zgarishlar guvohi bo‘lganini ta’kidladi. Bular O‘zbekistonni xalqaro miqyosdagi ishonchli va istiqbolli sheriklar qatoriga olib chiqmoqda. Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zbekiston – Rossiya: strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida

O‘zbekiston – Rossiya: strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 10-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng ikki davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazdi. – Rossiya Prezidentining ushbu tashrifini O‘zbekiston – Rossiya siyosiy muloqotlari va turli darajadagi uchrashuvlarning uzviy davomi, tomonlarning o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil va samarali davom ettirish tarafdori ekanining yorqin namunasi deb bilamiz, – dedi Islom Karimov.

Saylov uchastkalari ish boshladi

Saylov uchastkalari ish boshladi

Andijon viloyatida tashkil etilgan 752 saylov uchastkasida saylovlarning yuqori saviyada uyushqoqlik bilan o‘tishini ta’minlash uchun barcha zarur shart-sharoit yaratildi. Andijon tumanining "Darxon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 685-saylov uchastkasida ham saylovlarga hozirlik ishlari qat’iy va belgilangan reja asosida olib borildi. Saylov uchastkasi xonalari qonunchiligimizda belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari – telefon, faks, nusxa ko‘chirish apparati va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari ko‘rinarli, qulay joyga osib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-dekabr kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkunni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-dekabr kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkunni qabul qildi

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ochiqlik va ishonchga asoslangan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.