Asosiy menu

Mamlakat yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi majlisining ochilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi majlisining ochilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 12-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisiga kelgan deputatlar 10-11 yanvar kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida ro‘yxatga olinadi.

O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Qadrli vatandoshlarim! Mana shu fayzli damlarda siz, aziz yurtdoshlarimga avvalo o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etib, qutlug‘ qadamlari bilan kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, barchangizga chin qalbimdan sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga xotirjamlik va farovonlik tilashni o‘zim uchun katta baxt deb bilaman. Ayni shu daqiqalarda yakuniga yetib borayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida bosib o‘tgan yo‘limizni va ro‘y bergan voqealarni, qo‘lga kiritgan marra va yutuqlarni shukronalik bilan ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, 2014-yil biz uchun samarali va xosiyatli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor, deb o‘ylayman. Manba: O`zA

Ozodlik va ezgulikning ulug‘vor timsoli

Ozodlik va ezgulikning ulug‘vor timsoli

28-dekabr – hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti ochilgan kun Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida azim poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari samarasida Toshkent shahri kundan-kunga chiroy ochib, yashnab bormoqda. Ayniqsa, Mustaqillik maydonida olib borilgan yaratuvchilik amallari ushbu so‘lim va ulug‘vor maydonning nafaqat manzarasini, ayni chog‘da mazmun-mohiyatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014-yil 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida shu haqda e’lon qilindi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi, “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 2-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunini 2015-yil 29-mart kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov saylovda ovoz berdi

Mamlakatimizda 2014-yil 21-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 21-dekabr kuni ovoz berish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 644-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Konstitutsiya bilan kafolatlangan saylov tizimi yaratildi. Bu tizim izchil takomillashtirib borilmoqda.

Eng faol yosh jurnalistlar taqdirlandi

Eng faol yosh jurnalistlar taqdirlandi

Yoshlar ijod saroyida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.

Demokratiya, tinchlik va osoyishtalik – taraqqiyot omili

Demokratiya, tinchlik va osoyishtalik – taraqqiyot omili

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish uchun yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimiz saylov qonunchiligi, saylov uchastkalaridagi sharoitlar bilan tanishmoqda. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami yuksaldi

Xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami yuksaldi

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatadigan yangi terminal ish boshladi. Yangi terminalning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida viloyatda zamonaviy turizm sohasi rivojlanib, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish turi va sifatini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etilayotgani alohida ta’kidlandi.