((ru:События в стране))((en:News of Uzbekistan))((uz:Mamlakat yangiliklari))

((uz:O‘zbekiston Respublikasini 2015-yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida))

((uz:O‘zbekiston Respublikasini 2015-yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida))

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisida belgilab bergan va tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini oshirishga qaratilgan 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning birinchi choragida makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini saqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi va ularning ijrosi ta’minlandi. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan sanoat ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, shuningdek, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha o‘rta muddatli dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Ushbu dasturlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, muhim sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni yangi, yuqori bosqichga ko‘tarish, zamonaviy va rivojlangan infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.

((uz:Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga bag‘ishlandi))

((uz:Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga bag‘ishlandi))

Respublika Birja markazida Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilgan seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga bag‘ishlandi. Mulkchilik shakllari orasida aksiyadorlik birlashmalari keng tarqalgan, iqtisodiyotda o‘zini to‘la oqlagan boshqaruv shakllaridan biri hisoblanadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar samarasida hozirgi kunda O‘zbekistonda 1 ming 100 dan ziyod shu turdagi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

((uz:Poytaxtimizning iqtisodiy salohiyati izchil yuksalmoqda))

((uz:Poytaxtimizning iqtisodiy salohiyati izchil yuksalmoqda))

Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari izchil ta’minlanmoqda. Buni joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot hajmi 7,5, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 7,9, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,3 foizga o‘sganida ham ko‘rish mumkin. Bu Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan va butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan isloh qilish va rivojlantirishning bosqichma-bosqich strategiyasi izchil va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayotgani samaralaridandir. Ushbu jarayonda iqtisodiy salohiyati yildan-yilga yuksalib borayotgan Toshkent shahrining ham munosib ulushi bor.

((uz:Aksiyadorlik jamiyatlarining ochiqligi ta’minlanadi))

((uz:Aksiyadorlik jamiyatlarining ochiqligi ta’minlanadi))

Poytaxtimizda “O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va dolzarb masalalari” mavzusida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Iqtisodiyot, Adliya vazirliklari, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi mutaxassislari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev, Qimmatli kog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi direktori B.Otaxonov va boshqalar mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanishi uchun zarur huquqiy munosabatlarni takomillashtirish masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi. Bu borada yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirish va mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

((uz:Zamonaviy agrotexnologiyalar samarasi))

((uz:Zamonaviy agrotexnologiyalar samarasi))

Jizzaxda “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari: tomchilatib sug‘orish – tejamkorlik omili” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, qishloq xo‘jaligi ilmiy- tadqiqot muassasalari mutaxassislari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi vakillari hamda fermer ayollar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayogan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samaralarini berayotir. Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

((uz:Hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar))

((uz:Hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar))

“O‘zekspomarkaz”da kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi, qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 13-martdagi “2015-yilda Xalqaro sanoat yarmarka va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Tarmoq sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining ochilish marosimida mamlakatimizda tarkibiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mahalliylashtirish, rivojlangan infratuzilmani shakllantirish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini yanada yuksaltirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 7,5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 7,9 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,3 foiz o‘sdi. Shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 11,2 foiz, chakana tovar aylanmasi – 15,2 foiz va xizmatlar hajmi – 13,1 foiz ko‘paydi.

((uz:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot))

((uz:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot))

2015 yil 24 aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yil birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 16 yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, eng avvalo, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni faol diversifikatsiyalash va mahalliylashtirish, rivojlangan infratuzilmani shakllantirish hisobiga oshirish, shuningdek, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, aholining ish bilan bandligi darajasini, uning hayoti sifati va darajasini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari har tomonlama ko‘rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan va butun dunyoda islohotlarning “o‘zbek modeli” sifatida e'tirof etilgan isloh qilish va rivojlantirishning evolyutsion va bosqichma-bosqich strategiyasi izchil va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilishi tufayli, bugungi kunda jahon miqyosida davom etayotgan inqirozli holatlarga va qarama-qarshilik kuchayib borishiga qaramay, O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur'atlarini saqlab qolish ta'minlanayotganligi qayd etildi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 7,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,3 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan ortiq bo‘lmadi.

((uz:Yerdan baraka undirib...))

((uz:Yerdan baraka undirib...))

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Do‘rmon Omad nuri” fermer xo‘jaligi paxta, g‘alla yetishtirish bilan birga aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari, sarhil meva bilan ta'minlashga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Umumiy yer maydoni 203 gektar bo‘lgan xo‘jalikning 5 gektarli bog‘ida yetishtirilayotgan meva asosan bozorga chiqariladi. Xo‘jalikda, shuningdek, 22 bosh qoramol va 50 boshdan ziyod qo‘y parvarishlanmoqda. Xo‘jalik rahbari Oltinoy Sottiyeva kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida mebel va rom ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

((uz:Tejamkor texnologiyalar samaralari))

((uz:Tejamkor texnologiyalar samaralari))

O‘zbekistonda global iqlim o‘zgarishlari tufayli suv taqchilligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash uchun mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va sug‘orishning tejamkor texnologiyalarini keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda suvdan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har yili 5 ming kilometrdan ortiq sug‘orish, 12 ming kilometr kollektor-drenaj, 50 ming kilometr ariq tarmoqlari tozalanmoqda. 200 kilometrdan ziyod kanallar, 530 kilometr lotok va kollektor tarmoqlari, 400 dan ortiq gidrotexnik inshootlar va boshqa ko‘pgina obyektlar rekonstruksiya qilinmoqda va qurilmoqda. Buning samarasida suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati yaratilmoqda. Sug‘orish tarmoqlarida suvning texnik yo‘qotilishi va filtratsiyasi kamayishiga erishilmoqda. Jumladan, suv resurslaridan tejamli foydalanish yo‘nalishidagi islohotlar tufayli foydalanilayotgan suvlarning umumiy miqdori 20 foizga kamayishiga erishildi. Bundan 10-15-yil avval 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 18 ming kub metr suv ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 40 foizga kamaygan. Mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarning bir qancha turlari qo‘llanilmoqda. Egatga plyonka to‘shab sug‘orish, o‘q ariqlar o‘rniga egiluvchan quvurlardan foydalanish, tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash, yomg‘irlatib sug‘orish, tomchilatib sug‘orish shular sirasidandir. Misol uchun, tomchilatib sug‘orishda boshqa usullarga qaraganda 20 foizdan 60 foizgacha suv tejaladi.

((uz:Tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi))

((uz:Tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi))

“Tashabbus – 2015” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovi tadbirkorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sergey Ivashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 450 ishlab chiqarish korxonasi va hunarmandlar orasidan eksport salohiyatiga ega va import o‘rnini bosadigan yuqori sifatli yangi mahsulotlar ishlab chiqarayotganlar aniqlandi.