Asosiy menu

Tadbirlar

Yosh tadbirkor – yurtga madadkor

Yosh tadbirkor – yurtga madadkor

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, tijorat banklari va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan yuzdan ziyod yosh tadbirkor o‘z biznes rejalari bilan ishtirok etdi. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi - muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinayotgani yurtimizda diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta'minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining shu yil 14 iyuldagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda ushbu ayyom keng bayram qilindi. Nuroniy otaxonlarimiz yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, to‘kin-sochinlik va farovonlik bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar. Bir-birini bayram bilan tabriklab, farzandu nevaralari kamol topishlari, unib o‘sishi, el-yurt oldida yuzlari pok, mehnatlari halol, o‘qish va ishlari doimo yuksak darajada bo‘lishi uchun niyatlar qilishdi.

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “O‘zaro birlik” fermer xo‘jaligi joriy yil 132 tonna g‘alla yetishtirishni rejalashtirgan. Ayni kunlarda xo‘jalikda boshoqli don o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlari ham olib borilayotir. Shuningdek, xo‘jalik a’zolari 110 gektar maydondagi g‘o‘zani barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratgan.

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

Do‘stlik tumani g‘allakorlari bu yil 13 ming 300 gektar maydonda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etgan. Jizzax viloyatidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan 4 ming 500 dan ziyod fermer xo‘jaligida hosilni vaqtida yig‘ib olish choralari ko‘rilmoqda. Fermerlik harakatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida gektariga 50-60 sentnerdan oshirib hosil olayotgan fermerlar safi tobora ko‘paymoqda. Bunda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlat dasturida belgilangan loyihalar, urug‘chilik tizimini yangilashga qaratilgan yangi tadbirlar g‘allachilikni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Keyingi yetti yilda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 173 loyiha amalga oshirilib, 63 milliard so‘mlik ish bajarildi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filialida yumshoq va qattiq bug‘doyning 13 yangi navi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 7 tasi viloyat dalalarida ekilmoqda.

Malaka oshirish

Malaka oshirish

2015 yil 1- yarim yilida soha malaka oshirish kurslarida jami 712 ta mutaxassislarning malakasi oshirildi. Viloyatlarda «O‘zdonmahsulot» AK ning 2014 yil 25 dekabrdagi «2015 yilda boshoqli ekinlar doni va urug‘ligini qabul qilib olish uchun don tayyorlash korxonalari moddiy -texnika bazasini tayyorlash to‘g‘risidagi» 60-sonli buyrug‘ining 7 bandida ko‘rsatilgan topshiriqni amalga oshirish maqsadida o‘quv -seminarlari o‘tkazildi. O‘quv -seminarlarida Toshkent viloyatidan - 51 ta, Jizzax viloyatidan - 55 ta, Sirdaryo viloyatidan- 38 ta, Andijon viloyatidan- 34 ta,Farg‘ona viloyatidan- 52 ta, Namangan viloyatidan-45 ta, Samarqand viloyatidan-75 ta, Buxoro viloyatidan-29 ta, Navoiy viloyatidan-21 ta, Qashqadaryo viloyatin-58 ta, Surxondaryo viloyatin-52 ta, Xorazm viloyatin-30 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasin-58 ta, jami 598 ta tizim xodimlari o‘qitildi. O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat don inspeksiyasining viloyatlardagi don inspektorlari va kompaniyaning buxgalteriya hisobi boshqarmasi mutaxassislari, malaka oshirish kursi xodimlari tomonidan «Don tayyorlashda qatnashadigan moddiy javobgar xodimlar va hisobchilar bilan o‘quv-seminar o‘tkazish» dasturiga asosan o‘tkazildi. Shuningdek, kompaniya tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan, yarim yil davomida malaka oshirish kurslarida 114 ta soha mutaxassislari o‘qitilib, o‘z malakalarini oshirdi.

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirish, resurs tejash, mahalliy xom ashyodan foydalanish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, import o‘rnini bosish va eksportni kengaytirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya va loyihalar bo’yicha bir nechta shartnomalar imzolandi. “Sanoat” va “Fan va ta’lim” yo’nalishida ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etishga oid 300 mln. so’mlik shartnoma tuzildi. Tuzilgan shartnomalar ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish, mahsulot turini ko’paytirish, sifatini oshirish, hamda mutaxassislarni bilim va makalarini oshirish uchun yo’naltiriladi.