Asosiy menu

Tadbirlar

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi - muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinayotgani yurtimizda diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta'minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining shu yil 14 iyuldagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda ushbu ayyom keng bayram qilindi. Nuroniy otaxonlarimiz yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, to‘kin-sochinlik va farovonlik bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar. Bir-birini bayram bilan tabriklab, farzandu nevaralari kamol topishlari, unib o‘sishi, el-yurt oldida yuzlari pok, mehnatlari halol, o‘qish va ishlari doimo yuksak darajada bo‘lishi uchun niyatlar qilishdi.

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “O‘zaro birlik” fermer xo‘jaligi joriy yil 132 tonna g‘alla yetishtirishni rejalashtirgan. Ayni kunlarda xo‘jalikda boshoqli don o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlari ham olib borilayotir. Shuningdek, xo‘jalik a’zolari 110 gektar maydondagi g‘o‘zani barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratgan.

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

Do‘stlik tumani g‘allakorlari bu yil 13 ming 300 gektar maydonda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etgan. Jizzax viloyatidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan 4 ming 500 dan ziyod fermer xo‘jaligida hosilni vaqtida yig‘ib olish choralari ko‘rilmoqda. Fermerlik harakatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida gektariga 50-60 sentnerdan oshirib hosil olayotgan fermerlar safi tobora ko‘paymoqda. Bunda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlat dasturida belgilangan loyihalar, urug‘chilik tizimini yangilashga qaratilgan yangi tadbirlar g‘allachilikni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Keyingi yetti yilda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 173 loyiha amalga oshirilib, 63 milliard so‘mlik ish bajarildi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filialida yumshoq va qattiq bug‘doyning 13 yangi navi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 7 tasi viloyat dalalarida ekilmoqda.

Malaka oshirish

Malaka oshirish

2015 yil 1- yarim yilida soha malaka oshirish kurslarida jami 712 ta mutaxassislarning malakasi oshirildi. Viloyatlarda «O‘zdonmahsulot» AK ning 2014 yil 25 dekabrdagi «2015 yilda boshoqli ekinlar doni va urug‘ligini qabul qilib olish uchun don tayyorlash korxonalari moddiy -texnika bazasini tayyorlash to‘g‘risidagi» 60-sonli buyrug‘ining 7 bandida ko‘rsatilgan topshiriqni amalga oshirish maqsadida o‘quv -seminarlari o‘tkazildi. O‘quv -seminarlarida Toshkent viloyatidan - 51 ta, Jizzax viloyatidan - 55 ta, Sirdaryo viloyatidan- 38 ta, Andijon viloyatidan- 34 ta,Farg‘ona viloyatidan- 52 ta, Namangan viloyatidan-45 ta, Samarqand viloyatidan-75 ta, Buxoro viloyatidan-29 ta, Navoiy viloyatidan-21 ta, Qashqadaryo viloyatin-58 ta, Surxondaryo viloyatin-52 ta, Xorazm viloyatin-30 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasin-58 ta, jami 598 ta tizim xodimlari o‘qitildi. O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat don inspeksiyasining viloyatlardagi don inspektorlari va kompaniyaning buxgalteriya hisobi boshqarmasi mutaxassislari, malaka oshirish kursi xodimlari tomonidan «Don tayyorlashda qatnashadigan moddiy javobgar xodimlar va hisobchilar bilan o‘quv-seminar o‘tkazish» dasturiga asosan o‘tkazildi. Shuningdek, kompaniya tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan, yarim yil davomida malaka oshirish kurslarida 114 ta soha mutaxassislari o‘qitilib, o‘z malakalarini oshirdi.

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirish, resurs tejash, mahalliy xom ashyodan foydalanish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, import o‘rnini bosish va eksportni kengaytirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya va loyihalar bo’yicha bir nechta shartnomalar imzolandi. “Sanoat” va “Fan va ta’lim” yo’nalishida ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etishga oid 300 mln. so’mlik shartnoma tuzildi. Tuzilgan shartnomalar ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish, mahsulot turini ko’paytirish, sifatini oshirish, hamda mutaxassislarni bilim va makalarini oshirish uchun yo’naltiriladi.

“O’zdonmahsulot” AKda 2014 yil to’qqiz oy yakunlari muhokama qilindi

“O’zdonmahsulot” AKda 2014 yil to’qqiz oy yakunlari muhokama qilindi

2014 yil 21 oktabrda “O’zdonmahsulot” АКda o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishda kompaniya tarkibidagi korxonalarda 2014 yilning o’tgan to’qqiz oyi yakunlari hamda joriy yilni yuqori ko’rsatkichlar bilan yakunlash bo’yicha ustuvor vazifalar ko’rib chiqildi. Yig’ilishda kompaniya boshqaruvi raisi o’rinbosarlari, boshqarma va bo’lim boshliqlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, bosh muhandislar, bosh hisobchilari va laboratoriya mudirlari ishtirok etdilar. 2014 yilning uchinchi choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,1 foizni tashkil etganligi ta’kidlandi. 2014 yilning 9 oyi davomida “Qiziltepa un zavodi” va “Asaka don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlarida un ishlab chiqaradigan 1 tadan yangi tegirmon sexlari, “Taxiatosh don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida makaron ishlab chiqaradigan yangi sex, “Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyatida omixta yem ishlab chiqaradigan yangi sex, “Surxondaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida 10000 tonna g’llani saqlashga mo’ljallangan yopiq sig’im, “Navoiydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida 200 bosh qoramolga mo’ljallangan ferma qurib, ishga tushirilgan. Yangi ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini bo’yicha qabul qilingan dasturga muvofiq joriy yilning 9 oyi davomida jami 560ta ish o’rinlari yaratildi, jumladan tarmoqni rivojlantirish va investitsiya dasturi asosida hamda kasanachilik dasturi asosida ish o’rinlari tashkil etish rejalari ortig’i bilan bajarildi. Yig’ilishda shuningdek, tarkibdagi korxonalar faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar va o’z yechimini kutayotgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi. Yig’ilish so’ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Muallif: Axborot xizmati.