Asosiy menu

Tadbirlar

Yutuqlarimning siri

Yutuqlarimning siri

Avvalo, xo‘jaligimizning qisqacha tarixi va oyoqqa turish bosqichlarini aytay. Toshto‘g‘on qishlog‘ida chog‘roqqina yer bo‘lgan – 22 gektar. Shundoqqina yo‘l bo‘yida. Bunday qulay dalani ko‘pchilik fermerlar, ayniqsa, “urug‘ni tomning ustiga qadab, hosilini naq bo‘g‘otning ostidan oladi”gan usta dehqonlar orzu qiladi. Ammo traktor tushishga qiynalmaydigan, kam xarajat talab bu yer negadir ko‘pchilikning nazaridan qolgandi. Suv tanqis ekan.

Mamlakatimizda hozirgi globallashuv davrida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni ogohlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga da'vat etish va shukronalik kayfiyatini oshirish to‘g‘risida

Mamlakatimizda hozirgi globallashuv davrida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni ogohlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga da'vat etish va shukronalik kayfiyatini oshirish to‘g‘risida

2015 yil 18 noyabr kuni “Mamlakatimizda hozirgi globallashuv davrida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni ogohlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga da'vat etish va shukronalik kayfiyatini oshirish to‘g‘risida” yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zdonmahsulot” AK, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Kadrlar malakasi doimiy e'tiborda

Kadrlar malakasi doimiy e'tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 27 martdagi 73-son qaroriga asosan 44 ta don korxonalarining axborot texnologiyalariga mas'ul xodimlarini malakasini oshirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Elektron hukumat” markazi bilan 36 soatlik o‘quv kursi uchun shartnomalar tuzildi.

Yosh tadbirkor – yurtga madadkor

Yosh tadbirkor – yurtga madadkor

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, tijorat banklari va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan yuzdan ziyod yosh tadbirkor o‘z biznes rejalari bilan ishtirok etdi. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Vatanim taraqqiyotiga mening hissam

Vatanim taraqqiyotiga mening hissam

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Fermerlar kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida ushbu sohada mehnat qilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Uchquduqning mazali nonlari

Uchquduqning mazali nonlari

Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Uchquduq issiq non” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan yigirmadan ortiq turdagi non va non mahsulotlari iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda. —Ikki yil oldin kasb-hunar kollejini bitirgach, uch tomonlama shartnoma asosida mazkur korxonaga ishga qabul qilindim. Biz pishirayotgan issiq nonlarga buyurtmalar ko‘p. Aholi dasturxoniga mana shunday tansiq ne’mat yetkazib berayotganimizdan mamnunman, - deydi korxona ishchisi Ruxshona Muhammadiyeva.

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi - muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinayotgani yurtimizda diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta'minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining shu yil 14 iyuldagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda ushbu ayyom keng bayram qilindi. Nuroniy otaxonlarimiz yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, to‘kin-sochinlik va farovonlik bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar. Bir-birini bayram bilan tabriklab, farzandu nevaralari kamol topishlari, unib o‘sishi, el-yurt oldida yuzlari pok, mehnatlari halol, o‘qish va ishlari doimo yuksak darajada bo‘lishi uchun niyatlar qilishdi.

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Xo‘jalikda ish qizg‘in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “O‘zaro birlik” fermer xo‘jaligi joriy yil 132 tonna g‘alla yetishtirishni rejalashtirgan. Ayni kunlarda xo‘jalikda boshoqli don o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlari ham olib borilayotir. Shuningdek, xo‘jalik a’zolari 110 gektar maydondagi g‘o‘zani barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratgan.

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

O‘rim-yig‘im davom etmoqda

Do‘stlik tumani g‘allakorlari bu yil 13 ming 300 gektar maydonda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etgan. Jizzax viloyatidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan 4 ming 500 dan ziyod fermer xo‘jaligida hosilni vaqtida yig‘ib olish choralari ko‘rilmoqda. Fermerlik harakatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida gektariga 50-60 sentnerdan oshirib hosil olayotgan fermerlar safi tobora ko‘paymoqda. Bunda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlat dasturida belgilangan loyihalar, urug‘chilik tizimini yangilashga qaratilgan yangi tadbirlar g‘allachilikni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Keyingi yetti yilda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 173 loyiha amalga oshirilib, 63 milliard so‘mlik ish bajarildi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filialida yumshoq va qattiq bug‘doyning 13 yangi navi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 7 tasi viloyat dalalarida ekilmoqda.