((ru:Новости АК "Уздонмахсулот"))((en:Company News))((uz:"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari))
((ru:Новый цех в махалле))((uz:Mahallada non sehi))
((ru:Новый цех в махалле))((uz:Mahallada non sehi))
((uz:Imtiyoz va imkoniyatlar samarasi))
((uz:Imtiyoz va imkoniyatlar samarasi))
Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fermerlik harakatini yetakchi kuchga aylantirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, eng muhimi, aholi turmush farovonligini yuksaltirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Poytaxtimizda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi xorijliklarning yurtimizda yetishtirilayotgan tolaga qiziqishini oshirib, biz, fermerlarni yanada ko‘proq izlanishga, mahsulot sifatini muttasil oshirib borishga undamoqda. Bu jarayonda nav tanlash, g‘o‘za parvarishi va hosilni yig‘ib-terib olishda fermerlarga har tomonlama ko‘mak berilayotgani, mehnatimiz munosib rag‘batlantirilayotgani yutuqlar omili bo‘lmoqda. Bir paytlar paxtachilikdagi yutuqlar raqamlar bilan belgilangan bo‘lsa, bugun olingan sof foyda bilan o‘lchanayotir. Mustaqillikdan ilgari paxtaning o‘zi qimmatbaho xomashyo sifatida “oq oltin” deb, madh etilsa-da, paxtakorning mehnati qadrlanmas, turmushi qanday bo‘layotgani haqida umuman o‘ylanmas edi. Dehqonlarimizning yil-o‘n ikki oy daladan beri kelmay yetishtirgan xomashyosi yurtimizdan olis o‘lkalarga tashib ketilar, tayyor mahsulot sifatida o‘zimizga bir necha barobar qimmatiga qaytarilar edi. Endi u mamlakatimizda qayta ishlanib, raqobatbardosh, sifatli va arzon mahsulotlar tayorlanayotganidan faxrlanamiz.
((uz:Korxonada ish qizg‘in))
((uz:Korxonada ish qizg‘in))
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi «Mang‘it invest plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyatida qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxonada o‘ttizga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Bu yerda tayyorlanayotgan sifatli mahsulotlar maktabgacha ta’lim muassasalari va savdo do‘konlariga yetkazib berilayotir. Buyurtmalar sonining oshib borayotgani tufayli korxonada ish qizg‘in.